So`ngi yangiliklar
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Asossiz tekshiruvlarni cheklaydigan yangi tartiblar joriy etildi
O‘zbekistonda IELTS 9 ball olgan abituriyentlar soni 5 yilda 47 barobarga oshdi
“Batka” davlat tashrifi bilan Xitoyga bordi
Pekinda Belarus prezidenti XXR yuqori mansabdor shaxslari, yetakchi Xitoy korporatsiyalari rahbariyati bilan bir qator uchrashuvlar oʻtkazishi rejalashtirilgan.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko davlat tashrifi bilan Xitoyga bordi, deb xabar bermoqda Sputnik nashri.
“Davlat rahbarining samolyoti Pekin aeroportiga qoʻndi”, — deyiladi xabarda.
Nashrga koʻra, Belarus davlati rahbarini Xitoy tomonidan aeroportda tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ma Chjaoxu va Xitoyning Belarusdagi elchisi Se Syaoyun kutib oldi.
Belarusdan - Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Nikolay Snopkov, tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynik, Xitoydagi elchi Yuriy Senko bordi.
Belarus davlat rahbari matbuot xizmatiga yaqin “Pul Pervogo” Telegram kanalining xabar berishicha, Lukashenko uchun Xitoyda ishlab chiqarilgan “Hongqi” avtomobili taqdim etilgan. Unda Lukashenko Xitoyga tashrifi davomida harakat qiladi.

Lukashenkoning Xitoyga davlat tashrifi 2-mart kuni yakunlanadi. Pekinda Belarus prezidenti XXR yuqori mansabdor shaxslari, yetakchi Xitoy korporatsiyalari rahbariyati bilan bir qator uchrashuvlar oʻtkazishi rejalashtirilgan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir