So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Jizzax va Samarqand viloyat MIBga yangi rahbarlar tayinlandi
Mazkur tayinlovlar Bosh prokurorning buyrugʻi bilan amalga oshirildi.
Bosh prokuror Nigʻmatulla Yoʻldoshevning buyrugʻi bilan Bekzod Shoimovich Mengliyev Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Jizzax viloyat boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Mazkur tayinlovga qadar, Mengliyev Byuroning Toshkent viloyat boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Bungacha ushbu lavozimda Surʼat Jabbarov faoliyat yuritgandi.
Bekzod Mengliyev — 1985-yil Surxondaryo viloyatida tugʻilgan. U ish faoliyatini 2009-yilda Sud ijrochilari Toshkent viloyati Toshkent tuman boʻlimi sud ijrochisi vazifasidan boshlagan. 2015-yilda Sud departamenti Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
Soʻngra, 2017-yilda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining boʻlim bosh inspektori lavozimida oʻz ishini davom ettirgan.
Shuningdek, Surʼat Jabbarov Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Samarqand viloyat boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bungacha ushbu lavozimda Mexroj Nasrullayev faoliyat yuritgandi.
Mazkur tayinlovga qadar, Surʼat Jabbarov Byuroning Jizzax viloyat boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Surʼat Jabbarov — 1976-yil Jizzax viloyatida tugʻilgan. U ish faoliyatini 2002-yilda Samarqand viloyati Siyob tuman prokuraturasi ish oʻrganuvchisi vazifasidan boshlagan. Soʻngra, Samarqand viloyati, Toshkent shahar va Jizzax viloyati prokuratura organlarida turli lavozimlarda ish olib borgan.
2017-yilda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Jizzax viloyat boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida oʻz ishini davom ettirgan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir