So`ngi yangiliklar
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
“Qozogʻiston Oʻzbekiston va Qirgʻizistonga qarshi urush ochishi mumkin” — Agroekspert
Kirill Pavlov Qozogʻiston bir necha yillardan keyin Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida nizo keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan masalaga eʼtibor bermayotganini tanqid qildi.
Qozogʻiston janubida ichimlik suvi bilan bogʻliq katta qiyinchiliklar paydo boʻlishi mumkin. Ushbu muammo ortidan Markaziy Osiyo davlatlari, yaʼni Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston oʻrtasida qurolli toʻqnashuvlar yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda Qozogʻiston “Milliy agrar ilmiy-taʼlim xoldingi” direktorlar kengashi aʼzosi Kirill Pavlov “Xalq ovozi”ga maʼlum qildi.
Uning aytishicha, hozirda Qozogʻistonda suv isteʼmoli muammosi dolzarb masalalardan biriga aylangan.
“Suv xoʻjaligi instituti Ekologiya vazirligiga oʻtkazilgani, balki toʻgʻridir, balki behudadir. Mamlakatimizda suv bilan bogʻliq jinoyatlar sodir etilmoqda. Maʼlum bir kichik guruh nihoyatda boyib ketmoqda, 10 ming fermer esa yerlarini sugʻarolmaydi”, — dedi Kirill Pavlov.
Uning soʻzlariga koʻra, sugʻorish kanallarini tiklash va taʼmirlash uchun har yili katta miqdorda mablagʻ sarflanadi, biroq ular haligacha dahshatli ahvolda.
“Ochiq manbalardagi suvni baholash metodologiyasi 1987-yilda qabul qilingan. Oʻshandan beri hech narsa oʻzgarmadi”, — dedi u.
Pavlov Qozogʻiston oʻz oldida turgan muammoni 2027-yilgacha hal etmasa, qoʻshni davlatlar bilan jang qilishgacha borishi mumkin.
“Qozogʻiston suv bilan bogʻliq katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda, ular (Kazvodxoz - tahr.) esa vabo paytida tinchlik oʻrnatishga urinishyapti.
2027-yildan Qozogʻiston janubida suv tanqisligi, ichimlik suvi bilan birga 50 foizdan oshadi, 2030-yilga borib esa Qozogʻistonning qurollanish ehtimoli juda yuqori. Keyinchalik ular (Qozogʻiston — tahr) Qirgʻiziston va Oʻzbekistonga daʼvolar bilan boradi.
Shveysariya hozir aytmoqda: bir stolga oʻtirib kelishib olinglar, urush kerak emas. Buning uchun pul ajratishdi, keling, muzokara stoliga oʻtiring, deb iltimos qilishyapti. Biz buni qilolmaymiz.
Muzokaralar boʻlyapti, lekin hammaning ritorikasida shunday soʻzlar bor: “Hammangiz ahmoqsiz, hammangiz yolgʻon gapiryapsiz, buni hech kim tan olishni istamaydi”, - deydi Kirill Pavlov.



