So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
“Ayol” loyihasi. Vahshiylar qoʻlida jon bergan zaifalar
Ayollarga boʻlayotgan tazyiqlar...
Ayollarga boʻlayotgan zoʻravonliklarga jamiyat aybdormi?
Oʻzbekistonda ayollar huquqini kim himoya qiladi?
Zoʻravonlik va tazyiq uchraganmisiz?
Masʼullar nega hamon sukut saqlamoqda?
"Biz jamiyatning oʻzgarishiga ham, gʻoyalarimizning qoʻllab-quvvatlanishiga ham umid qila olmaymiz. Ayollar va bolalarning manfaatlari eʼtibordan chetda qolib, ular vaziyatning zaif va nochor qurboni tarzida namoyon qilinar ekan, rivojlangan, madaniyatli va sogʻlom jamiyatni barpo etish haqida orzu qilmasak ham boʻladi. Rivojlangan jamiyat rivojlangan ong va oʻzaro tenglikdan boshlanadi. Aynan bizning avlodimizga uzundan uzoq boʻlgan yoʻlning eng ogʻir qismini bosib oʻtishga toʻgʻri kelmoqda. Barchamizning kuchlarimizni birlashtirish vaqti keldi"
Saida Mirziyoyeva
Ayollarga nisbatan zoʻravonlik holatlari juda uzoq tarixga ega. Bunday zoʻravonlik hodisalari va ularning intensivligi vaqt oʻtishi bilan oʻzgarib borgan hamda bugungi kunda ham jamiyatlar orasida farqlanadi.
Ushbu holatlarga, koʻpincha, jamiyatda yoki shaxslararo munosabatlarda ayollarni boʻysundirish mexanizmi sifatida qaraladi. Bu kabi jinoyatlar huquqbuzarlik, ustunlik, misoginiya yoki shunga oʻxshash munosabatlarda jinoyatchining ayollarga nisbatan zoʻravon tabiatini yuzaga keltirishi mumkin.
21 asrda ijtimoiy tarmoqlar rivojlangani bois xotin-qizlarga nisbatan sodir etilayotgan tazyiq va zoʻravonliklarni yashirish murakkablashdi, muammolar “suv ostidan” koʻtarilib chiqdi. Bunday holatlar esa kun sayin oshib bormoqda. Aslida bu har qanday jamiyat uchun inson huquqini poymol qilish bilan bogʻliq jiddiy muammolardan biridir.
Zoʻravonlik qurboni bugun biz uchun begona, ertaga esa yon- atrofimizdagi qarindoshimiz, onamiz yoki opa-singlimiz bir kun kelib esa oʻzimiz ham boʻlishimiz mumkin, balki zoʻravonlik butun jamiyatga va bizning uzoq muddatli kelajagimizga ham taʼsir qiladi.
- BMTning sobiq Bosh kotibi Kofi Annan tashkilotning Ayollar uchun Taraqqiyot Jamgʻarmasi (UNIFEM) vebsaytida eʼlon qilingan 2006-yilgi hisobotida shunday deydi:
“Ayollar va qizlarga nisbatan zoʻravonlik holatlari pandemiya darajasidagi muammodir. Dunyo boʻylab har uch ayoldan kamida bittasi hayoti davomida kaltaklanish, jinsiy aloqaga majburlanish yoki boshqa yoʻl bilan zoʻravonlikka duchor boʻlish holatlaridan aziyat chekkan”.
Hozirgi kunda koʻrinib turibdiki, ayollarga nisbatan zoʻravonlik va tazyiqlar oʻzbek jamiyati uchun ham jiddiy va asosiy muammolar sirasiga aylanib ulgurdi. Bu toʻlqin kuchayib borar ekan, taraqqiyot va ijtimoiy xavfsizlik yoʻlidagi eng katta toʻsiqlardan biriga aylanib qolishi mumkin.
Ayollar huquqini himoya qilish va asrash hukumatlar oldidagi muhim vazifalardan biri hamdir. Lekin har qancha harakat qilib, har qaysi huquqlari haqida bong urmaylik, bugun ularga boʻlayotgan zoʻravonliklar kamaymayapti. Avvallari bu holat faqat oilada koʻzga tashlangan boʻlsa, bugun jamoatchilik orasida, ish joyida ham jabrlanuvchi boʻlib qolmoqda.
Aslida ayollarga nisbatan zoʻravonlik, tazyiq va tahdidlar bilan kurash bugun boshlangani yoʻq. 1999-yil 25-noyabr kuni BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Xalqaro ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kuni deb eʼlon qilingan.
Statistik maʼlumotlarga koʻra, har kuni Yevropadagi ayollarning 12-15 foizi uyda zoʻravonlikka duchor boʻlishadi.
Dunyo tajribasida 1996-yilda paydo boʻlgan, hozirgi vaqtga qadar 126 ta davlatda taʼsis etilgan himoya orderi 2019-yil 2-sentyabr kuni “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish” toʻgʻrisidagi qonun bilan birgalikda Oʻzbekistonda ham joriy qilindi.
Endi Oʻzbekistondagi statistikaga naʼzar tashlasak, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning toʻqqiz oyi davomida 41 596 nafar ayolga himoya orderi berilib, zoʻravonlik sodir etgan shaxslar ustidan nazorat oʻrnatilgan. Himoya orderi rasmiylashtirilgan shaxslarning muammolarini hal etish natijasida 20 753 ta oila yarashtirilgan, 17 884 ta nizolar bartaraf qilingan. 5 179 ta holatda zoʻravon maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.
Bu — qogʻozdagi raqamlar. Aslida esa, zoʻravonlik yopiq eshiklar ortida qolganlari, jamiyatda, oilada nohaqlikka uchraganlar, insoniy huquqlari toptala turib jim turgan, yuzaga chiqmaganlari va bu songa qoʻshilmaganlari qancha?
Internetni larzaga solayotgan voqealarni koʻrib esa, inson qalbi jumbushga keladi. 12 yoshli qizaloq, 3-4 nafar farzandning onalari, oila bekalari, turmush deya atalmish ostanaga qadam bosish payida turgan qizlarimiz bu roʻyxatni davom etkazsam aslo oxiriga yetib boʻlmaydi...
Bu qachongacha davom etadi?
Aholidan jurnalistik soʻrovnoma oʻtkazilganda, xotin-qizlar masalalari bilan shugʻullanadigan va yuqoridagi holatlarga duch kelganda “102” qisqa raqamidan tashqari murojaat qiladigan biron bir tashkilotni bilmasliklarini taʼkidlashdi. Bundan yaqqol koʻrinib turibdiki, “tizim” ishlamayapti, hamon sukut saqlashmoqda... Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi masʼullari va boshqa masʼul tashkilotlar “kursingizdan” turib qatʼiyroq chora koʻrarsiz?
Nafs quliga aylangan inson qiyofasidagi vaxshiylar, oʻtkinchi hissiyotga berilib, xotin qizlarimiz hayoti va ularning murgʻak farzandlari-yu, oq qogʻozga yozilgan goʻzal orzulariga nuqta qoʻyishdi va oʻzlarini ham jahannam burchagiga otishdi. 5 daqiqalik xirs va jahlingizni jilovlay olmaganingiz nimalarga olib kelishini balki endi anglagandirsiz! Koʻzingizni oching, atrofga boqing va xotin-qizlarga goʻzal muomalada boʻling, umringiz jahannamdagi tirqishlarda, shifoxonada tunni bedor oʻtkazish bilan emas, balki baxtli oila, soliha rafiqa va sogʻlom farzand davrasida kechishiga tilakdoshmiz!
Xulosa oʻrnida shuni aytmoqchimanki, nima eksang shuni oʻrasan! Xonadoningizda yaxshi muhit, yaratmay turib, farzandingiz va ayolingizdan ideallik kutmang, har kuni tazyiqlar va zoʻravonliklar ostida qolgan ayolingizdan maʼnaviy sogʻlom va yetuk farzand, birovning farzandini inson sifatida koʻrmay, qul kabi munosabatda boʻla turib, oʻzga xonadonda farzandingiz, yaqininggiz, yoki opa-singlingiz “koroleva” boʻlishini umid ham qilmang! Qoʻsh uyasida koʻrganini qiladi. Buni unutmang!
“Ayol” loyihamizning keyingi sonida esa jamoat faollari va masʼullarni loyihamizga chorlab qolamiz! Biz yana mavzuga qaytamiz!
Zoʻravonlik qurboni boʻlgan xotin qizlarimizga bagʻishlaymiz!
“Ayol” loyihasi va maqola muallifi Maryam SATTOROVA