So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Marokash bosqinchilar bilan birma-bir hisoblashmoqda” — Xayrulla Hamidov
Jurnalist, sharhlovchi Xayrulla Hamidov JCH 1/4 pley-offi doirasida boʻlib oʻtgan Marokash Portugaliya uchrashuvidan so'ng, o'yin haqida fikrlarini bildirib oʻtdi.
“Tarix sahifalarini varaqlar ekanmiz, 1458-yili Portugaliya qiroli Afonsu V Marokashning bir qismini bosib olib, oʻz hukmini ancha vaqt oʻtkazib kelganini koʻramiz.
Keyin mamlakatda ispanlarning ekspansiyasi boshlandi. Bu bosqin ishlari gohida bostirildi, gohida yana avj oldi.
19-asr oxirlarida Marokash Ispaniya, Fransiya va Britaniya oʻrtasida talash boʻldi. Sudanning bir qismini bosib olgan fransuzlar oʻlja ilinjida shu diyorga ham koʻz tikdi. Bir muddat anglo-fransuz qiziqishlari bilan Marokash ahlidan hatto Fransiya armiyasiga ham odam olib ketish boshlandi. 1911-yilga kelib esa, fransuzlar mutlaq mamlakatga egalik qilishdi.

Oʻtgan asr oʻrtalarida ogʻir muammolar girdobiga tushib qolganida, bu yurt farzandlari Yevropadan, xususan, Belgiyadan ish izlab ketgan. Shu bois, hozirda Bryussel aholisi deganda koʻz oʻngimizga marokashliklar keladi. katta diaspora yetishib chiqdi.
Har kuni efirga uzatilatiyotgan reklamada aytilganidek, munosabatlarni maydonda hal qilib olishga koʻchganda, Marokash har bir mamlakat bilan hisoblashayotgandek.
Oldin Belgiya, keyin Ispaniya, soʻng Portugaliya. Bosqinchilar roʻyxatida Fransiya va Britaniya borligini hisobga olsak, yarim finalni ham intiqlik bilan kutamiz”, — deb yozdi u oʻzining Telegram kanalida.