So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Ronaldu koʻz yoshlariga “choʻmilgan” marokashliklar — Jahon chempionatining eng drammatik uchrashuvi tugadi

Bugun, 10-dekabr kuni futbol tarixidagi unitilmas kun boʻldi. Gap shundaki, Qatarda boʻlib oʻtayotgan Jahon chempionatining 1/4 pley-off bahsida Ispaniyani uyiga joʻnatgan Marokash En-Nesirining yagona goli evaziga Portugaliyani ham magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi.
Bu oʻyin portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu uchun Jahon Chempionatidagi, balki terma jamoadagi soʻnggi oʻyini boʻldi. Afsuski hamma Jahon chempionatining finalida futbol tarixidagi eng daxshatli duel – Krishtianu va Leoning qarama-qarshiligini koʻrishni istagan edi. Afsuski, xotima alamli koʻz yoshlar bilan boʻldi.
Toʻgʻri futbol juda koʻplab yulduzlarni koʻrgan, lekin bir sarhisob qilib koʻring hech qaysi davrda deyarli 15 yil bir-biri bilan raqobat qilgan, bir-birini ilhomlantirgan, bir-birini tinimsiz taʼqib qilib, turli rekordlarni navbati bilan yangilagan bunaqangi duet boʻlmagan. Ular haqli edi finalda oʻynashga. Oxirgi oʻyinni kim yutishi ahamiyatsiz, lekin manashu chiroyli xotima boʻlar edi...
Marokash – Portugaliya 1:0 (1:0, 0:0)
10-dekabr, “Al-Tumama” stadioni
Gol: 1:0 – 42 En-Nesiri.
Marokash – Bunu, Xakimi, Saiss (Dari, 57), El-Yamik, Attiyyat-alla, Amrabat, Amalla (Sheddira, 65), Unai, Ziyesh (Abuxilol, 82), Bufal (Jabran, 82), En-Nesiri (Banun, 65).
Portugaliya – Diogu Koshta, Diogu Dalot (Rikardu Orta, 79), Pepe, Ruben Diash, Gerreyru (Joau Kanselu, 51), Otavio (Vitinya, 69), Bernardu Silva, Ruben Nevesh (Ronaldu, 51), Brunu Fernandesh, Joau Feliks, Gonsalu Ramush (Rafael Leau, 69).
Ogohlantirish: Dari (70), Vitinya (87), Sheddira (90).
Chetlatish: Sheddira (90)



