So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
“Oʻzbekneftgaz”: Oʻzbekiston oʻzining barcha gaz va neftga oid eksklyuziv huquqini 35 yilga Rossiya kompaniyalariga bermagan
Bugungi kunda “Oʻzbekneftgaz” AJ tasarrufida 118 ta kon mavjud boʻlib, shundan 85 ta kondan tabiiy gaz qazib olinmoqda. Qolgan 33 ta konlarda geologiya-qidiruv ishlari amalga oshirilmoqda.
Ushbu konlarning tabiiy gaz zahirasi respublika umumiy gaz zaxirasining 49 foizi, yaʼni 1 trln kub metrga yaqin. Uglevodorodlarni qazib olishda jami 1 450 ta quduqlardan foydalanilmoqda va bularning barchasi, toʻliq “Oʻzbekneftgaz” AJga tegishlidir.
Soʻnggi yillarda “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan Respublika aholisi va iqtisodiyot tarmoqlarining tabiiy gazga nisbatan ehtiyojini qondirish maqsadida Ustyurt, Buxoro-Xiva, Hisor va Fargʻona regionlarida zahiralarni koʻpaytirish hamda yangi konlarni ochishga qaratilgan geologiya-qidiruv ishlari keng koʻlamda olib borilmoqda.
Jamiyat tomonidan neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini sifatli va tezkor amalga oshirish maqsadida zamonaviy uskunalarga ega mahalliy va xorijiy korxonalar bilan hamkorlikda Ustyurt, Buxoro-Xiva regionlarining katta chuqurlikdagi maydonlarida bir qator tadbirlar olib borilmoqda. “Oʻzbekneftgaz” AJga Togʻ kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan tayyorlangan 20 ta yangi maydonlar taqdim etilib, ularda yangi quduqlarni burgʻilash ishlari olib borish rejalashtirilmoqda.
2020-2022-yillarda respublika hududida 4 000 km2 3D qidiruv ishlari bajarildi, 42 ta yangi maydonlar burgʻilashga jalb etildi, 116 ta yangi quduq burgʻilandi va natijada 12 ta yangi tabiiy gaz konlarini ochish bilan bir qatorda, 90 mlrd kub metrdan ortiq tabiiy gaz hamda 3,8 mln tonna suyuq uglevodorod zahiralarini koʻpaytirishga erishildi.
“Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan 2022-yilda “Yangi Olot”, “Yangi Tegirmon” va “Niyoz” kabi konlarning ochilishi bilan hozirda geologiya-qidiruv ishlarining asosiy tadbirlari “Tegirmon” konlari guruhi hamda “Niyoz” gazkondensat koniga qaratilgan. “Yangi Olot” va “Niyoz” konlarining har birida 2 tadan yangi quduqlarni burgʻilash ishlari amalga oshirilmoqda.
Qazib chiqarish tadbirlar doirasida 2022-yilda 32,2 mlrd kub metr tabiiy gaz, 100,2 ming tonna neft va 1 428,3 ming tonna gaz kondensati mahsulotlari qazib olindi, 697,8 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarildi hamda gazni qayta ishlash zavodlarida tabiiy gazni qayta ishlash orqali 236,5 ming tonna oltingugurt 127,4 ming tonna polietilen ishlab chiqarishga erishildi.
Neft mahsulotlarini Buxoro neftni qayta ishlash zavodida qayta ishlash orqali qariyb 1 mln tonna benzin, 331 ming tonna dizel yoqilgʻisi, 141 ming tonna aviakerosin ishlab chiqarildi. Shuningdek gazni oʻta chuqur qayta ishlash natijasida yuqori texnologiyalarni jamlab olgan “GTL” zavodida 140 ming tonna dizel yoqilgʻisi ishlab chiqarishga erishildi.
2023-yilda “Oʻzbekneftgaz” AJ tasarrufidagi konlardan uglevodorod xom ashyosini qazib chiqarish prognoz koʻrsatkichlarini shakllantirishga qaratilgan geologik-texnik tadbirlarni ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish jarayonini monitoring qilib borish maqsadida, dunyoda ilgʻor kompaniyalardan hisoblangan “Schlumberger” kompaniyasi tomonidan halqaro standartlarga muvofiq 2023-yil uchun “Oʻzbekneftgaz” AJ makro invest dasturi ishlab chiqildi.
Dasturga koʻra, 111 ta quduqni burgʻilash, shundan 81 tasi ekspluatatsion quduq, 30 ta izlov-qidiruv qudugʻi, 56 ta quduqda mukammal taʼmirlash, 25 ta texnologik obyektda qurilish, modernizatsiya va rekonstruksiya ishlarini bajarish belgilangan.
Bundan tashqari, 552 ta quduqda joriy taʼmirlash hamda intensifikatsiya ishlarini olib borish natijasida bazaviy tabiiy gaz qazib chiqarishning 990,7 mln kub metr kamayishi oldi olinadi.
Konlarda tabiiy gaz qazib olishni barqarorligini taʼminlash maqsadida “Janubiy Tandircha” konida siquv kompressor stansiyasi, “Shoʻrtan”, “Girsan”, “Choʻlquvur” va “Yangikazgan” konlarida kichik kompressor stansiyalarini qurib ishga tushirish rejalashtirilgan.
Kompressor stansiyalardagi 35 ta gaz turbinali dvigatellarni kapital taʼmiralash, shuningdek “Shoʻrtan”, “Tegirmon” va “Arslon” konlarida gazni dastlabki tayyorlash qurilmalarini qurish, konlarda gaz siqilishini oldini olish, oʻtkazuvchanligini oshirish maqsadida 192 km har xil turdagi gaz quvurlari qurish rejalashtirilgan.
2023-yilda ham geologiya-qidiruv ishlari doirasida yangi maydonlarda qoʻshimcha 50 ta quduq burgʻilash hamda 1,5 ming kv km hajmda 3D seysmik ishlarni bajarish rejalashtirilgan. Buning uchun Togʻ kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan tayyorlangan 25 ta yangi maydonlar taqdim etilib, ularning litsenziyalari rasmiylashtirildi. Hozirda ularda yangi quduqlarni burgʻilash uchun maydonlarninng pasportlarini tayyorlash ishlari olib borilmoqda.
Ustyurt mintaqasining yuqori istiqbolga ega boʻlgan 4000-6500 metr chuqurliklardagi maydonlarning 3D seysmik maʼlumotlarini yangi “eXchroma” texnologiyalarida qayta atribut tahlil qilish orqali Sudochiy botiqligining chuqur geologik tuzilishini, quduqlarni burgʻilashdan olingan barcha geologik-geofizik va boshqa maʼlumotlarni oʻrganish hamda hududning regional modeli asosida aniqlangan yangi mahsuldor qatlamlarni neftgazga istiqbolligi hamda uglevodorod resurslari baholash natijasida “Schlumberger” xalqaro servis kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlar olib boriladi.
Ushbu chora tadbirlarni amalga oshirish bilan 2023-yilda tabiiy gaz qazib chiqarish 32,8 mlrd kub metr, neft 61,0 ming tonna, gaz kondensati 1 310,0 ming tonna, shundan suyultirilgan gaz 672,1 ming tonna ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati