So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Bayden Mirziyoyevga maktub yoʻlladi
Bayden yozgan maktubda Shavkat Mirziyoyevning olib borayotgan siyosati haqida soʻz ketgan.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Jo Baydendan maktub keldi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
Bayden oʻzining maktubida Mirziyovning Oʻzbekistonda amalga oshirayotgan siyosatini qoʻllab-quvvatlab, unga minnatdorchilik bildirgan.
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga Hurmatli Prezident janoblari! Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda koʻrsatayotgan yetakchiligingiz va shaxsiy intilishingiz uchun, shu jumladan xavfsizlik sohasidagi hamkorlik uchun chuqur minnatdorlik bildiraman.
Oʻzbekiston bilan iqtisodiyot va energetika masalalarida oʻzaro aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, Sizning mamlakatni siyosiy tizimini modernizatsiya va isloh qilish borasidagi saʼy-harakatlaringizni qoʻllab-quvvatlash AQSH uchun ustuvor ahamiyatga ega.
AQSH va Oʻzbekiston oʻrtasidagi strategik sheriklik chuqurlashib bormoqda va erishilgan yutuqlarni 2023-yilda ham yanada ilgari surishimizga umid bildiraman”, — deb yozgan AQSH prezident.
Shuningdek, Oq uy rahbari AQSH-Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash eng ustuvor vazifa ekanligini qayd etib, Prezidentni Markaziy Osiyoda barqarorlikni taʼminlashda oʻz hissasini qoʻshganligi uchun yana bir bor tashakkur bildirgan.
“Siz Markaziy Osiyodagi beshta mamlakatning mintaqaviy hamkorligini kengaytirish orqali qoʻshni mamlakatlar bilan munosabatlarni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratayotganingizni alohida qayd etmoqchiman.
Bu saʼy-harakatlar Markaziy Osiyoda va uning tashqarisida ravnaq va barqarorlikni taʼminlashga katta hissa qoʻshmoqda.
Bizning sherikligimiz, mana 30 yildirki, BMTning barcha mamlakatlarning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilishdek asosiy prinsiplariga rioya qilish asosida rivojlandi.
Ishonchim komilki, ushbu qadriyatlarga mushtarak sodiqligimiz oʻzaro aloqalarimiz uzoq muddatli istiqbolda yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi”, — deya maktubini yakunlagan Bayden.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer AQSH prezidenti 20—22-fevral kunlari rasmiy tashrif bilan Polshada boʻlib, u yerda rahbariyat bilan ikki tomonlama hamkorlik, shuningdek, Ukrainani qoʻllab-quvvatlash va mustahkamlash boʻyicha jamoaviy saʼy-harakatlarni muhokama qilishini maʼlum qilgandi.



