So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Rahmonov Prezident jazolagan uchta tuman hokimiga yana “hayfsan” berdi
Mulozimlar Ortiqxoʻjayev ishdan olingan yigʻilishda Mirziyoyev tomonidan qattiq tanqid ostiga olingan edi.
Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov uchta tuman hokimiga “hayfsan” berdi. Bu haqda u tomonidan imzolangan farmoyishda maʼlum qilingan.
Unda aytiilishicha, Mirzo Ulugʻbek tumani hokimi Shavkatbek Ergashev, Uchtepa tumani hokimi Farhod Abdullayev, Yunusobod tumani hokimi Bahodir Abduvaliyevga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan.

Uch nafar hokim hududda qishga tayyorgarlik hamda uni betalafot oʻtkazish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirilmagani, mahallalarga chiqib, aholi bilan muloqotlar va tushuntirish ishlari olib bormagalari uchun jazolanishgan.
Qayd etish kerak, Prezident tomonidan yanvar oyida oʻtkazilgan energiya resurslari taʼminoti yuzasidan oʻtkazilgan yigʻilishda ham ushbu tuman hokimlariga “hayfsan” berilgan edi.
Aynan ushbu yigʻilishda Toshkent shahrining sobiq hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev qish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik koʻrmagani uchun ishdan olingandi.
"Toshkent hokimini ishdan oldim. Quruq gap, yolgʻon svodka bilan pastga tushmagani uchun, noinsof oyogʻi yerdan uzilgani sabab ishdan boʻshatdim", - degandi Prezident.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir