So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
“Ozodlik” ikkita jiddiy xatolikka yoʻl qoʻygan» — Rasul Kusherbayev
Sobiq deputat nashr tomonidan eʼlon qilingan videomaterialda asoslanmagan faktlar borligini maʼlum qildi.

Oliy Majlis sobiq deputati, tabiat resurslari vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev “Ozodlik”ning Oʻzbekiston neft va gaz konlari boʻyicha oʻtkazgan surishtiruviga munosabatini bildirdi.
Sobiq deputatning aytishicha, nashr jurnalistik surishtiruv oʻtkazishda ikkitta jiddiy xatoga yoʻl qoʻygan.
“Toʻgʻrisini aytaman “Ozodlik”ning Oʻzbekiston neft va gaz konlari boʻyicha surishtiruvini koʻrganimda ancha taʼsirlandim. Nahotki, shu maʼlumotlar rost boʻlsa, degan savol oʻylantirdi.
Lekin Oʻzbekiston rasmiylari, sohaga masʼul tashkilotlar nima derkin, deb kutdim. Agar rasmiylar bu masalada jimlik saqlasa demak bu maʼlumotlar rost, degan fikrga borardim.
Ammo kuni kecha Energetika vazirligi , “Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi tomonidan berilgan munosabatlar, jurnalist va blogerlarning fikri qolaversa, masʼul tashkilotlar tomonidan koʻrsatilgan dalillardan shuni bildimki, nazarimda “Ozodlik” ikkita jiddiy xatolikka yoʻl qoʻygan.
Birinchisi, Oʻzbekistonning butun gaz va neft konlarini barcha huquqlar bilan 35 yilga bitta kompaniyaga berishi va 35 mlrd AQSH dollari bir shaxsga tegishli korxonaga (ERIELL, ENTER Engineering) ishlatilgan degan iddao notoʻgʻri boʻlib chiqdi.
Ushbu ayblovlarni ilgari surgan “Ozodlik” ijodkorlarida agar Oʻzbekiston rasmiylari koʻrsatgan dalillardan kuchli dalillar boʻlsa buni koʻrsatishi kerak.
Agar bunday dalil boʻlmasa, xatoga yoʻl qoʻyilgani tan olinishi kerak. Bu ham ommaviy axborot vositalarining munosib pozitsiyasi boʻladi.
Ikkinchisi, Oʻzbekiston rasmiylari bildirgan normativ hujjatlar qandaydir korxonalarning buxgalterlik hujjatlaridan koʻra ishonarli chiqdi va eng muhimi barcha kelishuvlar roʻy rost aytildi. Surishtiruvdan avval mana shu ehtimoliy argumentlar inobatga olinishi kerak edi”, — deb yozdi vazir maslahatchisi.
Munosabatining yakunida Kusherbayev asoslanmagan va ishonchsiz maʼlumotlarni xalqaro omma ixtiyoriga xavola etish odamlarni manipulyatsiya qilish, deya baxolanishini maʼlum qildi.
“Ozodlik”ning surishtiruvi chuqur asoslanmagan iddaolar bilan ommaga axborot tarqatishga boʻlgan urinishga oʻxshab tuyulmoqda. Bu ishdan maqsad nima ekanligi tushunarsizligicha qoldi.
Nima boʻlganda ham bir shaxs yoki bir guruh emas, butun mamlakat hayoti bilan bogʻliq maʼlumot tarqatishdan oldin uning oqibati qanday boʻlishini inobatga olgan holda, har tomonlama asosli faktlarga tayanilishi kerak.
Ayni oʻrinda ushbu material tom maʼnoda Oʻzbekiston xalqini junbushga keltirishi mumkin. Asoslanmagan va ishonchsiz maʼlumotlarni xalqaro omma ixtiyoriga xavola etish esa odamlarni manipulyatsiya qilish, deya baxolanadi”, — deb yozdi u.



