So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
“Oʻzbekneftgaz”: 15-fevral kuni birja savdolariga 4 505 tonna AI-80 avtobenzin sotish uchun joylashtirildi
Respublika isteʼmolchilarini avtobenzin bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida Ai-80 rusumidagi avtobenzinning birja savdolariga joylashtiriladigan hajmi oshirilmoqda. Buning natijasida 15-fevral kuni birja savdolariga 4 505 tonna AI-80 avtobenzin sotish uchun joylashtirildi.
2023-yil 15-fevral kuni Buxoro neftni qayta ishlash zavodi (Buxoro NQIZ) 3,0 ming tonna va Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi 1,2 ming tonna, jami 4,2 ming tonna AI-80 rusumli avtobenzin ishlab chiqarildi.
Isteʼmolchilar tomonidan xarid qilingan miqdorlarni neft bazalar tomonidan oʻz vaqtida yetkazib berish uchun Buxoro NQIZ tomonidan AI-80 rusumli avtobenzinni uzluksiz yuklab berish nazoratga olindi.
Joriy oy davomida neft bazalarga jami 79 546 tonna, jumladan 15-fevral kuni 5 943 tonna AI-80 rusumli avtobenzin yuklab berildi.
2023-yil 15-fevral kuni tasarrufdagi neft bazalari orqali isteʼmolchilarga jami 5 781 tonna AI-80 avtobenzin tarqatildi.
Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 260 tonna, Toshkent shahri va viloyatida 1 696 tonna, Andijonda 353 tonna, Buxoroda 622 tonna, Jizzaxda 317 tonna, Qashqadaryoda 452 tonna, Navoiyda 285 tonna, Namanganda 333 tonna, Samarqandda 388 tonna, Surxondaryoda 380 tonna, Sirdaryoda 185 tonna, Fargʻonada 187 tonna va Xorazm viloyatida 323 tonna.
2023-yil 16-fevral holatiga Jamiyat tasarrufidagi neft bazalar va neftni qayta ishlash zavodlarida 35,5 ming tonna avtobenzin qoldiqlari mavjud.
Neftni qayta ishlash zavodlarida 97,4 ming tonna xom-ashyo zaxirasi yaratilgan, jumladan Buxoro zavodida 73,7 ming tonna va Fargʻona zavodida 23,7 ming tonna.
“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati