So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Oʻzbekiston turizm sohasida qanday yutuqlarga erishdi?
149 ta mehmonxona, 1693 ta tur operatorlar, “Samarqand turizm markazi”da 8 ta yirik mehmonxona, 5,2 mln xorijiy sayyohlar tashrifi, 91 ta mamlakatga xorijiy davlatlar fuqarolari uchun vizasiz kirish.
Turizm sohasida 2017-2022-yillarda turizm sohasida amalga oshirilan islohotlar yuzasidan tahliliy maʼlumot eʼlon qilindi. Unga koʻra:
Birinchidan, xorijiy davlatlardan tashrif buyuruvchilar uchun viza rejimi soddalashtirildi, xususan, ayni paytda 93 ta xorijiy davlatlar fuqarolari uchun vizasiz kirish, 56 ta davlat uchun elektron kirish vizasi, 47 ta davlat uchun besh kunlik tranzit vizasiz kirish, shuningdek, 76 ta davlat uchun turizm vizalar berishning yengilashtirilgan tartibi belgilangan.
55 yoshga toʻlgan va turizm maqsadida 30 kundan ortiq boʻlmagan muddatga respublikaga keluvchi XXR, AQSH va Vyetnamning fuqarolari uchun vizasiz kirish rejimi joriy qilingan.
Shuningdek, “Vatandosh”, “Student visa”, “Academic visa”, “Medical visa” va “Pilgrim visa” kabi yangi kirish viza turlari belgilangan.
Xalqaro aeroportlarda “yashil” va “qizil” yoʻlak tizimi yoʻlga qoʻyildi, tashrif buyuruvchilar aeroportdan oʻrtacha hisobda 2-3 soatda chiqib ketish vaqti 15-20 daqiqada amalga oshiriladigan tizim qilindi. Xorijiy sayohlarni Ye-mehmon tizimi orqali elektron roʻyxatdan oʻtkazish tizimi joriy etildi, ularning erkin harakatlanishi uchun sharoitlar yaratildi.
Ikkinchidan, xorijiy turistlar soni 2017-yilda 2,7 mln nafar boʻlsa, 2022-yilda 5,2 mln. nafar xorijiy turistlar tashrif buyurdi. Turistlarning oʻrtacha qolish kuni 4-5 kunni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davri (3 kun)ga nisbatan 1,5 baravarga ortdi.
Shuningdek, har bir xorijiy turistning respublika hududida bevosita sayohat xarajatlaridan tashqari sarflaydigan oʻrtacha mablagʻ summasi 2017-yilda 197 AQSH dollarini tashkil qilgan boʻlsa, bu koʻrsatkich 2022-yilda 309 AQSH dollariga yetdi va turizm eksporti hajmi 1,6 mlrd dollar boʻldi (2017-yilda 531 mln dollar boʻlgan).
Ichki sayohat qiluvchilar soni ham 2017-yilga nisbatan 107,0 foizga oʻsib, 11,4 million nafarni tashkil qildi.
Uchinchidan, turizm infratuzilmasi yaxshilandi. Mehmon oʻrinlari soni 3,4 barobarga koʻpayib, 124 mingtaga yetdi (2017-yilda 37 mingta edi). 2017-yilda joylashtirish vositalari soni 767 tadan 2022-yilda 5,0 mingtaga yetkazildi.
2018-yilda 106 ta (oʻrinlar soni 841 ta) oilaviy mehmon uylari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlsa, bugungi kunda ularning soni 3,2 mingta (oʻrinlar soni 28,0 mingta)ga yetkazildi. Qishloq joylarida 8 ming nafardan ortiq fuqaro bandligi taʼminlandi.
Sayyohlarga qoʻlaylik yaratish maqsadida yoʻl boʻylari va aholi gavjum joylarda 7,6 mingta sanitariya-gigiyena shoxobchalari holati yaxshilandi (3,9 mingta yangidan qurildi, 3,7 mingta taʼmirlandi). Respublikadagi mavjud avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalarining 96 foizida sanitariya-gigiyena shoxobchalari tashkil qilindi.
Toʻrtinchidan, tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 100 ga soliq va bojxona imtiyozlari, xarajatlar va kreditlarni bir qismini qoplash, subsidiya hamda grantlar berish, foizsiz ssudalar koʻrinishida davlat tomonidan qoʻshimcha koʻmak va preferensiyalar berildi, jumladan:
– 3 va 4 yulduzli yangi mehmonxonani qurish va jihozlash uchun investorlar xarajatlarining bir qismini Davlat byudjeti mablagʻlaridan qoplab berish uchun 21 nafar investorga 78,4 mlrd. soʻm hamda 1 nafar investorga 52,4 ming AQSH dollari miqdorida subsidiya ajratildi;
– Yoshlarni turizm sohasidagi tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida joriy yilning avgust oyidan boshlab, turoperatorlik faoliyatlarni yoʻlga qoʻyishlari uchun 50 mln soʻmdan grant mablagʻlari ajratilmoqda. Buning natijasida, 200 nafar yoshlarimizning tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari uchun imkoniyat yaratiladi va 60 ming nafar xorijiy turistlarning tashrifi tashkil etiladi;
– Valyuta ayirboshlashga cheklovlar bekor qilindi;
– Turistik korxonalar uchun ijtimoiy soliq va aylanma soliq stavkalari 1 foiz etib belgilandi, yer soligʻi va mol-mulk soliq stavkalari 90 foizga kamaytirildi.
Natijada, sohada tadbirkorlik subyektlari soni ortdi. Turistlarga xizmat koʻrsatuvchi subyekt va obyektlar soni
4 091 (2017-yilda – 749 ta)taga, jumladan turoperatorlar – 1663 ta, turagentlar – 119 ta va gid -ekskursovod soni 2 309 taga yetkazildi.
Beshinchidan, sohada mutloqa yangi yoʻnalishlar tashkil qilinmoqda. Respublikaning turizm salohiyati yuqori boʻlgan fuqarolar yigʻinlariga “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlogʻi” va “Turizm ovuli” maqomini berish va ularni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari joriy qilindi.
Oʻzbekistonda birinchi boʻlib Samarqand tumani “Konigil” qishlogʻida 52 ta hunarmandchilik va dam olish maskanlari mavjud boʻlgan “Turizm qishlogʻi” tashkil etildi va 200 nafardan ortiq mahalliy aholi ish bilan taʼminlandi.
2022-yil davomida Navoiy viloyatining Nurota tumanida “Sentob” turizm qishlogʻi hamda Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi “Ertosh-soy” va “Ovjaz-soy” qishloqlariga “turizm qishlogʻi” maqomi berildi. Ushbu qishloqlarda 90 ta oilaviy mehmon uylari, 20 turdagi xizmatlar tashkil etilishi natijasida 400 ga yaqin qishloq aholisi bandligi taʼminlandi.
Toshkent viloyatining Angren shahrida “Lashkarak” va Parkent tumanida “Kumushkon”, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida “Gʻyelon”, Boysun tumani “Omonxona”, Nurota tumanida “Sentob” qishloqlarida turizm qishlogʻi maqomi berish yuzasidan choralar koʻrilmoqda.
Hindiston, Rossiya Federatsiyasi, Isroil hamda Vengriya davlatlari aholisi uchun mamlakat boʻylab sayohatlarni tashkil etishga yoʻnaltirilgan 40 dan ortiq transchegaraviy turistik marshrutlar ishlab chiqildi hamda Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali ushbu mamlakatlarga taqdim etildi.
Turkiy davlat tashkilotining VIII Sammitida Davlat Rahbari tomonidan ilgari surilgan “Tabarruk ziyorat” konsepsiyasini amalga oshirish orqali ziyorat turizmini rivojlantirish ishlari olib borilmoqda. Tashkilotga aʼzo va kuzatuvchi davlatlar vakillari ishtirokida 2022-yil 8-10-iyun kunlari “Qoʻqon xonligining Turkiy xalqlar davlatchiligining shakllanishi va madaniy merosida tutgan oʻrni” mavzusida Qoʻqon shahrida xalqaro konferensiya oʻtkazildi.
Tabarruk ziyorat yoʻnalishida “Media info tur” toʻgʻrisidagi targʻibot materiallari TRT 1, TRT Avaz, Qazaq-TV, Azerbaijan-TV kabi xorijiy hamda Dunyo Axborot Agentligi va “Bright Uzbekistan” kabi mahalliy ommaviy axborot vositalarida yoritildi.
Oltinchidan, sohaga jalb qilinayotgan investitsiya ulushi ortmoqda. 2021 yilda turizm sohasidagi investitsiya loyihalari doirasida umumiy qiymati 11,4 trln soʻm boʻlgan mablagʻlar oʻzlashtirilib, 495 ta loyiha amalga oshirildi. Davlat investitsiya dasturi doirasida mahalliy hokimliklar bilan birgalikda umumiy qiymati 1,2 mlrd AQSH dollari boʻlgan 62 ta loyihada, 562,7 mln. doll. investitsiya oʻzlashtirilib, 31 ta loyiha ishga tushirildi.
2022 yilda turizm sohasida jami qiymati 22,1 trln. soʻmlik 735 ta loyihalar ishga tushirilib, tarmoqda qoʻshimcha 23 mingga yaqin yangi ish oʻrni yaratildi. Tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiya jalb qilish hamda raqobatbardosh xizmatlarni yoʻlga qoʻyishga bergan eʼtibor natijasida turizm bozorimizga “Hilton”, “Marriott”, “Hyatt”, Wyndham, InterContinental Hotels Group va Accor kabi yetakchi mehmonxona brendlari kirib kelmoqda. Ular nafaqat Toshkent, balki, Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlariga ham qiziqish bildirib, oʻz faoliyatlarini tashkil qilmoqda.
Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari Rahbarlari Kengashining Sammiti doirasida Samarqand shahrida 260 gektar maydonda yangi turistik markaz barpo etilib, jaxon standartlari darajasidagi 8 ta (4 va 5 yulduzli) mehmonxonalar ishga tushirildi. Mazkur loyihaga 516,0 mln. dollar qiymatida investitsiya yoʻnaltirildi.
Yettinchidan, xorijiy turizm bozolarida targʻibot ishlari yoʻlga qoʻyildi. 2018-2022-yillarda AQSH, Avstriya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Niderlandiya, Germaniya, Fransiya, Indoneziya va Rossiyadan turizm salohiyatini targʻib qilish maqsadida OAV va yetakchi televideniya vakillari, bloger va vlogerlari tashrif buyurdi.
Misol uchun, 2022-yilning oʻtgan davrida “Chasse et Peche TV” (Fransiya, “Oʻzbekistonda baliq ovlash” koʻrsatuvi) NTV (Rossiya, “Poyedim poyedim dasturi), TRT BELGESEL (Turkiya, “Oʻzbekiston Buyuk Ipak yoʻlida”), TVNET (TVNET, Oʻzbekistonda iftorlik), “Rossiya 24” va “REN TV” telekanallari (Rossiya, “Neveroyatno interesnыye istorii” koʻrsatuvi), blogger Uilyam Jon Sonbuchnerning (AQSH, “Best Ever Food Review Show” onlayn dasturi) kanallarida turizm obyektlarida suratga olish ishlari tashkil etildi va targʻib qilindi.
Sakkizinchidan, turistlar oqimini oshirish va madaniyatimizni targʻib qilish maqsadida madaniy-koʻngilochar tadbirlar doimiy ravishda tashkillashtirib kelinmoqda.
Jumladan, 2022 yil 6-8-may kunlari Moʻynoqdagi “STIXIYA” elektron musiqa festivali, “Boysun bahori” ochiq folklor festivali, Namanganda “Xalqaro gullar”, Xorazmda “Lazgi”, Buxoroda “Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik” kabi xalqaro festivallar anʼana tarzda tashkil qilindi.
Birgina Qashqadaryoda joriy yilda 8-12-avgust kunlari oʻtkazilgan “Yoshlar turizm qurultoyi”da 800 nafardan ortiq mahalliy yoshlar ishtirok etidi, Qurultoyga Markaziy Osiyo davlatlaridan 50 nafardan ortiq yoshlar tashrif buyurdi
Toʻqqizinchidan, mamlakatning turistik imidji yaxshilandi. Markaziy Osiyo davlatlarining madaniy merosini bir-biriga oʻzaro bogʻliq sifatida targʻib qilish boʻyicha tashabbusiga asosan YUNESKOning “Xiva deklaratsiyasi” qabul qilindi.
Islom hamkorlik tashkilotining joriy yildagi XI sessiyasida Xiva 2024-yil “Islom dunyosining turizm poytaxti” deb eʼlon qilindi.
Turkiy davlatlar tashkilotining Turizm vazirlarining yigʻilishida Qoʻqon shahri “Ilk turizm poytaxti” degan sharafli nom bilan ulugʻlandi.
Ispaniyaning Madrid shahrida oʻtkazilgan UNWTO ning 24-sessiyasida birinchi marotaba BMT tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning 25-Bosh assambleyasini 2023-yilda qadimiy Samarqandda oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Shahrisabz shahrini 2024-yilda turizm poytaxti unvoniga ega boʻldi. Shahrisabzni Turizm poytaxti sifatida eʼlon qilinishi shaharni Markaziy Osiyo, Afgʻoniston, Ozarbayjon, Eron, Turkiya va Pokiston davlatlarida targʻib qilish va sayyohlarni jalb qilishga imkon yaratadi.
YUNVTOning Oʻzbekiston eng tez turizm sohasi rivojlanayotgan 20 mamlakat ichida 4 oʻrinda eʼtirof etildi. “Jahon musulmon sayyohlari indeksi” reytingida 32-oʻrindan 22-oʻringa koʻtarilib, “eng jozibador” hamda “xavfsizlik va bagʻrikenglik darajasi yuqori” boʻlgan 10 ta mamlakat qatoriga kirdi, shuningdek, 2022-yilda Oʻzbekiston yetti pogʻona yuqorilab yangi paydo boʻlayotgan eng kuchli islomiy sayohat destinatsiyasi sifatida alohida eʼtirof etildi.
“Halal Travel Frontier 2020” hisobotida musulmonlar turizmi bozorida yangi trendga asos solgan mamlakat sifatida eʼtirof etildi.
National Geographic Traveler (AQSH) reytingida “Yil yangiligi” nominatsisida gʻolib deb topildi.
Amerikaning “Time” jurnali, “Travel Lemming” va “Forbes Advisor” va “The New York Times” onlayn-sayohat qoʻllanmalari , Britaniyaning mashhur “British Muslim Magazine” jurnali, “Independent”, “Rough Sides”, “Dorling Kindersley”, “Times Travel” va “Lonely Planet” onlayn-nashrlari, Rossiyaning “Kursiv” nashri kabi nufuzli nashrlarda Oʻzbekistonning turizm salohiyati va imkoniyalari haqida ijobiy maqolalar chop etildi hamda dunyo hamjamiyatiga taqdim etildi.
Oʻninchidan, taʼlim yoʻnalishida oxirgi 3 yilda turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari soni 16 tadan 29 taga, ularda taʼlim oluvchi talabalar soni esa mos ravishda 4 100 nafardan 7 600 nafargacha oshgan.
Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlarning tarixiy va madaniy-gumanitar aloqalarini yanada rivojlantirish hamda jahon turizm industriyasi bozorida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash maqsadida Oʻzbekistonda 2018-yilda “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tashkil etilgan edi.
Universitetda turizm, logistika, gid-tarjimonlik, muzeyshunoslik, arxeologiya, ijodiy sanoat, madaniy merosni boshqarish kabi mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan. Universitetda talabalarga turizm va madaniy meros sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha yuqori oʻrinlarda turuvchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarida faoliyat yuritgan jami 12 nafar xorijlik (AQSH, Yaponiya, Avstraliya, Xitoy, Italiya, Hindiston va boshqalar) professor-oʻqituvchilar tomonidan oʻquv kurslari oʻtiladi.
Universitetni 2021-yilda 30 nafar ilk magistrlar, 2022-yil esa 114 nafar ilk bakalavr va 23 nafar magistrlar bitirdi. Bundan tashqari sohaga oʻrta boʻgʻin kadrlari tayyorlash maqsadida vazirlik tizimidagi 6 ta texnikum va 4 ta kollejlarda yiliga oʻrtacha 2 mingga yaqin kadrlar mehnat bozoriga kirib kelmoqda.