So`ngi yangiliklar
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Asossiz tekshiruvlarni cheklaydigan yangi tartiblar joriy etildi
O‘zbekistonda IELTS 9 ball olgan abituriyentlar soni 5 yilda 47 barobarga oshdi
Shavkat Mirziyoyev turk elchixonasiga tashrif buyurdi
Prezident Oʻzbekiston barcha zarur yordamga tayyorligini bildirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-fevral kuni Turkiya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasiga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Prezident bugun Turkiya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasiga borib, qardoshlarimizga yana bir bor hamdardlik bildirdi.
Parvardigordan marhumlarni oʻz rahmatiga olishini, ularning oilasi va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik berishini soʻradi. Jarohat olgan insonlar tez fursatlarda sogʻayib ketishini tiladi.
Oʻzbek va turk xalqlari yaxshiyu yomon kunlarda hamisha birga boʻlgan, bir-birini qoʻllab-quvvatlagan. Bu doʻstlik, qardoshlik va oʻzaro yelkadoshlik hozirgiday ogʻir kunlarda yanada bilinadi”, — deyiladi xabarda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston barcha zarur yordamga tayyorligini bildirdi. Elchixonada ochilgan hamdardlik kitobiga tasalli soʻzlarni yozib qoldirdi.
Qayd etish kerak, zilzila oqibatlarini bartaraf etishda koʻmaklashish uchun 100 nafar Oʻzbekiston FVV qutqaruvchilari Turkiyaning Adana shahriga joʻnatilgan.

Maʼlumot oʻrnida, 9-fevral kuni Oʻzbekiston FVV xodimlari tomonidan Turkiyada zilzila oqibatlarini bartaraf etish vaqtida vayronalar ostidan yana 2 nafar jarohatlangan inson olib chiqildi.
Bundan tashqari, soʻnggi bir necha soat ichida oʻzbekistonlik qutqaruvchilar xarobalar ostidan 5 nafar hayotdan koʻz yumgan insonni chiqardi. Shunday qilib, qidiruv-qutqaruv operatsiyasi boshlanganidan buyon Oʻzbekiston FVV xodimlari vayronalar ostidan jami 13 nafar jarohatlangan va 38 nafar halok boʻlgan kishilarni olib chiqdi.
Maʼlumot oʻrnida, Turkiyada zilzila qurbonlari soni 12 873 kishiga yetdi, 62 937 kishi jarohat oldi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir