So`ngi yangiliklar
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Asossiz tekshiruvlarni cheklaydigan yangi tartiblar joriy etildi
O‘zbekistonda IELTS 9 ball olgan abituriyentlar soni 5 yilda 47 barobarga oshdi
“Metan zapravkalar ustidan nazorat butunlay izdan chiqqan” – Prezident energetika sohasida nazoratni kuchaytirish va qonun ustuvorligini taʼminlash boʻyicha yangi tizim belgiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida 6-fevral kuni energiya taʼminoti sohasida nazorat tizimini tartibga solish chora-tadbirlari yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda energiya yetkazib berish va hisob-kitob tizimidagi muammolar tanqidiy tahlil qilindi. Yanvar oyidagi sovuq bu borada boshqaruv va nazorat susayib ketganini yaqqol koʻrsatdi. Mutasaddi tashkilotlar avtomatik hisoblash tizimi elektr energiyasida 92 foiz, tabiiy gaz boʻyicha 98 foiz oʻrnatilgan, deb hisobot bergan. Lekin haligacha debitor qarzdorlik yuqoriligicha qolmoqda.
Tumanlardagi tarmoq idoralari elektr va gazga ulanishga hisob-kitob va tahlillarsiz ruxsat berayapti. Masalan, Toshkent shahrining 120 ta mahallasida transformatorlar yuklamani koʻtarmagani uchun bir oyning oʻzida 5-6-martalab taʼmirlangan.
Hanuzgacha tizimda oʻgʻirlik juda katta. Resurslar xoʻjasizlarcha talon-toroj qilinayapti. Birgina dekabr oyida elektr va gazdan noqonuniy foydalanish boʻyicha 12 mingdan ziyod holatda 600 milliard soʻmlik zarar aniqlangan. Avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari ustidan nazorat butunlay izdan chiqqan.
Shulardan kelib chiqib, energetika sohasida nazoratni kuchaytirish va qonun ustuvorligini taʼminlash boʻyicha yangi tizim belgilandi. Bu tizimga energetika nazorati boʻyicha ikki yil “favqulodda tartibda” ishlash vazifasi qoʻyildi. Energoinspeksiya va Majburiy ijro byurosining ishini takomillashtirish, elektr va tabiiy gazga ulanishda yangicha yondashuvlarni joriy qilish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Yigʻilishda energetika infratuzilmasini rivojlantirish masalalariga ham eʼtibor qaratildi. Xususan, Toshkent shahrining raqamli xaritasini ishga tushirish vazifasi qoʻyildi. Bunda auksionga chiqarilayotgan yerlarning joylashuvi, energetika, kommunal va ijtimoiy infratuzilma quvvati aniq koʻrinib turadi. Yigʻilishda mutasaddilar yangi tizimni amalga oshirish masalalari yuzasidan axborot berdi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir