So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Prezident topshirigʻi. Oʻzbekiston Turkiyaga bir guruh qutqaruvchilarni joʻnatadi
Birgina Turkiyaning oʻzida 22 ta yer silkinishlari sodir boʻlgan, shundan 6 tasi 6 balldan yuqori koʻrsatkichda qayd etilgan.
Turkiyaga Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruvchilari joʻnatiladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga muvofiq, Turkiyada roʻy bergan kuchli zilziladan jabr koʻrganlarga gumanitar yordam hamda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligining bir guruh qutqaruvchilari joʻnatiladi.
Qayd etish kerak, Ozarbayjon davlati ham Turkiyaga qutqaruvchilar komandasini joʻnatishini eʼlon qilgandi.
Eslatib oʻtamiz, Turkiyaning janubida 7,8 balli vayronkor zilzila sodir boʻlgan edi. Zilzila 1 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladigan Gaziantep shahri yaqinida mahalliy vaqt bilan soat 04:17 sodir boʻlgan. Dastlab, zilzila oqibatida 20 kishi halok boʻlgani aytilgan edi.
Yevropa-Oʻrtayer dengizi seysmologiya markazi maʼlumotlariga koʻra, zilzila epitsentri aholi punktidan 37 km uzoqlikda, 10 km chuqurlikda boʻlgan.
Maʼlumotlarga koʻra, birgina Turkiyaning oʻzida 22 ta yer silkinishlari sodir boʻlgan, shundan 6 tasi 6 balldan yuqori koʻrsatkichda qayd etilgan.
Zilzilaning kuchi Turkiyaning bir qancha hududlarda – Adana, Anqara, Antaliya, Osmaniya, Kayseri, Mersin, Trabzon, Urfada sezilgan.
Zilzilalar Suriya bilan chegarada sodir boʻlgani tufayli, Suriyada ham bir qancha shaharlarda oʻnlab uylar, jumladan, koʻp qavatli uylar qulab tushgani haqida xabarlar berildi. Mahalliy “Al-Hadas” nashri tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, Suriyada ham 100 dan ortiq jasadlar topilgan
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir