So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Bekxem haqida kitob yozgan jurnalist Gollandiya — Argentina oʻyinida vafot etdi
CBC Sports telekanalida ishlagan, Devid Bekxem haqida kitob yozgan, Sports Illustrated i Fox Sports telekanallaridagi faoliyati bilan ham tanilgan Grant Uoll Gollandiya – Argentina uchrashuvida (2:2, penaltilar seriyasida – 3:4) vafot etdi.
Uollning agenti Tim Skanlanning aytishicha, u oʻyinni matbuot xodimlarining xonasidan yoritayotgan boʻlgan va kutilmaganda kuchli stressni boshidan oʻtkazib, hushini yoʻqotgan. 48 yoshli jurnalist eng yaqin shifoxonaga yetkazilgan, biroq uni saqlab qolishning iloji boʻlmagan.
Qayd etish kerak, payshanba kuni Uol Spotify podkastida Jahon chempionatida bronxit bilan kasallanganini va bir necha bor mahalliy shifokorlarga murojaat qilganini aytgan.
AQSH futbol federatsiyasi Grant Uolning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Eslatib oʻtamiz, Uol Qatardagi stadionda AQSH - Uels (1:1) oʻyini oldidan futbolkasida kamalak ramzi tushirilganligi tufayli hibsga olingandi.