Qidirish

14:39 / 2022-12-10 484 4 Jamiyat

Aliment toʻlovchilardan xorijga chiqish taqiqini qanday yechish mumkin?

world-news

Davlat ijrochisi qarori asosida aliment toʻlovchilarning xorijga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin.

Alimentlar oldindan toʻlangan yoki bu boʻyicha garov shartnomasi tuzilgan boʻlsa xorijga chiqishga oid cheklov olib tashlanadi.

Alimentlarni oldindan toʻlash 5 yildan kam boʻlmagan muddatga amalga oshirilishi kerak.

Bolalar voyaga yetgunigacha boʻlgan davr 5 yildan kam boʻlsa, alimentlarni oldindan toʻlash qolgan davr uchun amalga oshiriladi.

Alimentni toʻlashni garov bilan taʼminlash uchun ariza sudga taqdim qilinadi. Garov qiymati BHMning 250 baravaridan (75 mln soʻmdan) kam boʻlmasligi lozim. Har qanday mol-mulk (avtomobil, doʻkon, uy-joy, kvartira) garov boʻlishi mumkin.

Ushbu mavzu yuzasidan Adliya vazirligi masʼul xodimi Bobur Karimov batafsil ma'lumot bergan.

— Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi qonuniga (OʻRQ-459-son) asosan, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi qonunning 421-moddasi aliment toʻlashga majbur shaxsga respublikadan chiqishga qoʻyilgan taqiqni olib tashlash tartibini nazarda tutgan qoidalar bilan toʻldirildi.

Unga koʻra, voyaga yetmagan bolalar taʼminoti uchun alimentlar oldindan toʻlangan yoki aliment toʻlash boʻyicha garov shartnomasi tuzilgan boʻlsa, davlat ijrochisi toʻlov yoki garov shartnomasi toʻgʻrisidagi tegishli hujjat olingan kunning ertasidan kechiktirmasdan tegishli organlarni qarzdor jismoniy shaxsning respublikadan chiqishini cheklash olib tashlangani toʻgʻrisida yozma shaklda xabardor qiladi.

Bunda garov qiymati qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining ikki yuz ellik baravaridan kam boʻlmasligi lozim.

Mazkur qoida qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach, yaʼni 2018-yil 11-iyul kunidan amalga kiritilgan.

Izohlar 4

Saltanat toshboyeva
2022-Dec-11 15:10
Assalomu alaykum men Tojigiston Respublikasi fuqorasiga turmush chiqib ajralganman bishqa respublika fuqorasidan qanday aliment undirsam buladi
Saltanat toshboyeva
2022-Dec-11 15:11
Assalomu alaykum men Tojigiston Respublikasi fuqorasiga turmush chiqib ajralganman boshqa respublika fuqorasidan qanday aliment undirsam buladi ikki farzandim bor ammo zaksim bumagan shariy nikoxdan utganmiz
Аминов..Боходир.
2022-Dec-25 23:18
Ман.хорижга..чикишим.к.манга..6.йил..такие куйилган
Аминов.боходир..
2022-Dec-25 23:20
Манга..6 йил.такик куйилган..ман хорижга.чикишим.керак..911971313
Fikr bildirish