So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
“Oʻzbekneftgaz” AJ tasarrufidagi AYOQSHlarda K5 ekologik sinfiga mos AI-80 rusumidagi import avtobenzini sotuvga chiqarildi
Avval eʼlon qilinganidek, “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan respublika aholisi ehtiyojlarini sifatli avtobenzin bilan taʼminlash maqsadida, aksiyadorlik jamiyati tasarrufdagi Buxoro neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarilayotgan mahalliy mahsulot bilan bir qatorda, tayyor mahsulotlar ham import qilinmoqda.
Joriy yilning yanvar oyida “Tatneft” (Rossiya) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan AI-80-K-5 avtobenzinni import qilish boʻyicha kelishuvga erishilib, “TANEKO” zavodidan jami 50 ming tonna AI-80-K-5 rusumdagi avtobenzini yuklab berilgan.
AI-80 avtobenzinga boʻlayotgan talabning ortib borayotganligini hisobga olib, taqchillik, uzilishlar va AYOQSHlardagi navbatlarning oldini olish maqsadida, 4-fevral kunidan boshlab Jamiyat tasarrufidagi AYOQSHlar orqali import qilingan AI-80-K-5 rusumli avtobenzin sotuvga chiqarildi.
Tovar-xomashyo birjasida AI-80-K-5 rusumli avtobenzinning boshlangʻich narxi bir tonnasi uchun 7 168,3 ming soʻm, “Oʻzbekneftgaz” AJga qarashli AYOQSHlarda isteʼmolchilarga sotiladigan yakuniy narxi bir litri uchun 6 000 soʻmni tashkil etmoqda.

Fevral oyida “Tatneft” kompaniyasidan qoʻshimcha 50 ming tonna AI-80-K-5 avtobenzini xarid qilinishi rejalashtirilmoqda.
Maʼlumot uchun: Jamiyat tomonidan joriy yilning yanvar oyida “Gazprom” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 5 ming tonna AI-80-K-5 rusumli avtobenzin xarid qilinib, AYOQSHlar orqali respublikamiz isteʼmolchilari uchun realizatsiya qilindi.
“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati