So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Doʻst ogʻir kunda bilinar. Turkmaniston Oʻzbekistonga bepul suyultirilgan gaz beradi
Turkmaniston prezidenti “Turkmangaz” zimmasiga muhim vazifani yukladi.
Turkmaniston Oʻzbekistonni bepul suyultirilgan gaz bilan taʼminlaydi. Bu haqda qoʻshni mamlakat prezidenti Serdar Berdimuhamedov tegishli farmonni imzoladi.
Ushbu farmonda Berdimuhamedov Turkmaniston va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik va qardoshlik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda Oʻzbekistonni doʻstona va birodarlik qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Turkmangaz”ga suyultirilgan gazni tekinga yetkazish vazifasini yuklagan. Biroq mazkur hujjatda turkman tomonidan Oʻzbekistonga qancha hajmda suyultirilgan gaz berilishi toʻgʻrisida maʼlumot keltirilmagan.
Qayd etish joiz, 21-yanvar kuni Turkmaniston Oʻzbekistonga gaz eksportini tikladi. Shu kunning oʻzidayoq Oʻzbekiston 4,8 million kub metr gaz import qildi.
Eslatib oʻtamiz, 2022-yilning oxirlarida Prezident Administratsiya rahbari Sardor Umurzoqov Ashxobodga tashrifi chogʻida Oʻzbekistonga qoʻshimcha ravishda kuniga 20 mln kub metr gaz (3 oyda jami 1,5 mlrd kub metr) berish boʻyicha kelishuvga erishgan edi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir