So`ngi yangiliklar
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Asossiz tekshiruvlarni cheklaydigan yangi tartiblar joriy etildi
O‘zbekistonda IELTS 9 ball olgan abituriyentlar soni 5 yilda 47 barobarga oshdi
Shimoliy Soʻx yerosti gaz saqlash inshooti yana qayta ishga tushirilishi mumkin
Energetika vaziri Oʻzbekiston tomoni uzoq vaqt foydalanilmagan gaz saqlash inshootining hozirgi holatini oʻrganib chiqishini maʼlum qildi.
Shimoliy Soʻx yerosti gaz saqlash inshooti yana qayta ishga tushirilishi mumkin. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha, 1-fevral kuni Andijon shahrida oʻtgan yigʻilishda maʼlum qilgan.
“Afsuski oʻz vaqtida Soʻxdagi yerosti gaz saqlash inshooti ayrim sabablar bilan yopib qoʻyilgan edi. Qirgʻizistondagi davlat tashrifi chogʻida Sadir Japarov bilan bu masalada ham kelishib oldik. Yaqinda energetika vazirimiz Qirgʻizistonga borib, texnik tomonlarini kelishib keladi”, — dedi Prezident.
Shuningdek, mazkur masala yuzasidan energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov OʻzAga intervyu berdi.
“Shimoliy Soʻx yerosti gaz saqlash inshootining hajmi taxminan 2,5-3 mlrd kub metr atrofida. Shundan 1,3 mlrd kub metr gazdan foydalanish mumkin, qolgani bufer zonada turadi. Bu degani qish mavsumida vodiyni har kuni 13 mln kub metr gaz bilan taʼminlash imkoniyatimiz boʻladi.
Mazkur inshootning asosiy gaz saqlash qismi Qirgʻiziston hududida joylashgan, kompressorlar esa Oʻzbekiston hududida. Shu sababli inshootdan umumiy foydalanish borasida muzokaralar olib boriladi.
Eng avvalo ishchi guruh barcha texnik va iqtisodiy tomonlarini batafsil oʻrganib chiqadi. Chunki inshootdan ancha yillardan buyon foydalanilmagan, hozirgi holatini yaxshilab oʻrganib chiqishimiz kerak. Shundan soʻng shartlar kelishib olinadi. Balki bu ijara huquqi asosida boʻlar, lekin hozircha biror fikr aytishga erta”, — dedi energetika vaziri.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir