So`ngi yangiliklar
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Rasman! Rasul Kusherbayev Tabiat resurslari vazirining maslahatchisi lavozimiga tayinlandi
Avvalroq Kusherbayev Toshkent shahri hokimi boʻlishi haqida mish-mishlar yurgandi.
Sobiq deputat Rasul Kusherbayev rasman yangi lavozimda ish boshladi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi xabar bermoqda.
Unga koʻra, Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimovning tegishli buyrugʻi bilan Kusherbayev Rasul Xidraliyevich Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirining maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Kusherbayev “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida unga prezident Administratsiyasidan ushbu lavozim taklif qilinganini aytdi.
"Eng muhimi erkin ishlaydigan sharoit boʻlishi kerak, meni odamlardan uzoqlashtirmaydigan sharoit boʻlsa ishlayman, degandim. Shuning uchun ushbu lavozim shunaqaroq shekilli, taklif qilishdi. Qani, koʻramiz-da, ishlayveraylik-chi
", — dedi u.
Barchaga maʼlum, Kusherbayev ushbu tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati boʻlib faoliyat yuritgan.
Oʻtgan yil oxirida Qonunchilik palatasi spiker oʻrinbosari Ulugʻbek Inoyatov 2023-yilgi Davlat byudjeti muhokamasi chogʻida unga soʻz bermagani uchun Rasul Kusherbayev deputatlik faoliyatini toʻxtatishga qaror qilgan edi.
Maʼlumot oʻrnida, Rasul Xidiraliyeviyech Kusherbayev — 1987-yil 12-yanvarda Yangiyoʻl tumani Kushyagoch qishlogʻida tugʻilgan. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetini xalqaro jurnalistika mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
U oʻz faoliyatini 2007-yilda Liberal-demokratik partiyaning Toshkent viloyati maʼmuriyatining yoshlar bilan ishlash boʻlimi mudiri sifatida boshlagan.
2012-yildan 2014-yilgacha ”Yangiyul” (Yangi yoʻl) deb nomlangan gazetaning bosh muharriri boʻlib ishlagan. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi. 2014-yildan buyon Oʻzbekiston parlamentining quyi palatasi aʼzosi. 2020-yilgacha Innovatsiya, axborot siyosati va AKTni rivojlantirish qoʻmitasining aʼzosi boʻlgan. 2020-yildan 2022-yilgacha Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining aʼzosi boʻlgan.