So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Mavjuda Mirzayeva nomaʼlum shaxslar tomonidan olib ketilganligi aytilmoqda
U uch kundan buyon qoʻngʻiroqlarga javob bermayapti, farzandlari ham jurnalist bilan bogʻlana olmagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda sobiq Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining matbuot kotibi Mavjuda Mirzayeva olib ketilganligi aytilmoqda, undan uch kundan beri xabar yoʻq.
Xabaringiz bor, 27-yanvar kuni Human.uz va Sof.uz sayti direktori Xurshid Daliyev, saytlarning bosh muharriri Muslim Mirzajonov hibsga olindi.
Qayd etilishicha, ushbu voqeadan soʻng Mirzayeva ham nomaʼlum shaxslar tomonidan olib ketilgan. U uch kundan buyon qoʻngʻiroqlarga javob bermayapti, farzandlari ham jurnalist bilan bogʻlana olmagan.
Kun.uz jurnalisti Ilyos Safarovning manbalarga tayanib xabar berishicha, Human.uz sayti bosh muharriri Muslim Mirzajonov va tahririyatning yana 4 nafar xodimi qoʻyib yuborilgan.
DXX bayonoti
DXX organlari tomonidan fuqaro I.A.dan kelib tushgan murojaatga asosan, fuqaro D.X. va boshqalarning “Telegram” messendjeridagi “Kompromat.uzb” va boshqa kanallar orqali amalga oshirilgan jinoyatlarga aloqadorliklari sababli ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va xozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov davomida protsess ishtirokchilari advokat bilan taʼminlangan.
“Tergov jarayonlarini olib borishda ularning qonun bilan belgilangan huquq va erkinliklari taʼminlanishi kafolatlanadi. Ushbu jarayon bilan bogʻliq maʼlumotlar doimiy ravishda eʼlon qilinib boriladi”, — deyiladi xabarda.

Nashr ofisi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Quyi Chirchiq tumani boʻlimi tomonidan muhrlangan.
Human.uz sayti blokka tushurilgan edi.

Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir