So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Rahmonov Ortiqxoʻjayevga yaqin boʻlgan yana bir masʼulni ishdan boʻshatdi
Anvar Umarov ushbu lavozimda 2021-yilning noyabr oyi oxiridan beri ishlab kelayotgandi.
Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi Anvar Umarov oʻz xohishiga koʻra ishdan ketdi. Bu haqda poytaxt hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonovning 27-yanvardagi qarorida keltirib oʻtilgan.

Baxtiyor Rahmonov oʻzining qarorida Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi balansidagi moddiy boyliklarni xatlovdan oʻtkazish va oʻrnatilgan tartibda topshirish-qabul qilib olish ishlari tashkil etishni buyurgan.

Qayd etish kerak, Anvar Umarov ushbu lavozimda 2021-yilning noyabr oyi oxiridan beri ishlab kelayotgandi. Bungacha u sobiq hokim Jahongir Ortiqxoʻjayevning yordamchisi boʻlib ishlagan.
Eslatib oʻtamiz, Baxtiyor Rahmonov avvalroq sobiq hokimning yordamchisi sifatida faoliyat yuritgan va unga eng yaqin odamlardan biri boʻlgan Muzaffar Abdurahmonovni ishdan boʻshatgan edi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir