So`ngi yangiliklar
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
“Qirgʻiz-oʻzbek davlatlari chegara masalasiga butunlay chek qoʻydi” — Sadir Japarov
Amerika Qoʻshma Shtatlari Qirgʻiziston Respublikasi va Oʻzbekistonning mintaqaviy tinchlik va barqarorlikni taʼminlashga sodiqligini namoyish etishdagi muvaffaqiyatli saʼy-harakatlarini olqishlagan.
Bugun, 27-yanvar kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi doirasida oʻtkazilgan muzokaralar yakunida hujjatlarni imzolash va almashish marosimi boʻlib oʻtdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Sadir Japarov ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi – keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga olib chiquvchi Deklaratsiyaga imzo chekdilar.
Ikki mamlakat prezidentlari Oʻzbekiston- Qirgʻiziston chegarasi toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida avvalroq ikki davlat parlamentlari tomonidan tasdiqlangan maktub almashishdi.
Qirgʻiziston prezidenti ushbu masala hal qilingani davlatlar oʻrtasidagi munosabatlar yanada yaxshilanishiga olib kelishini maʼlum qildi.
“Bugun biz uchun tarixiy kun. Qirgʻiziston va Oʻzbekiston davlat chegarasini delimitatsiya qilish jarayonini yakunladi, ratifikatsiya yorliqlarini almashdi, qirgʻiz-oʻzbek davlat chegarasi boʻyicha shartnoma tuzdi va shu bilan chegara masalalariga chek qoʻydi.</em>
Ishonchim komilki, chegara masalasining yakuniy hal etilishi qardoshlik munosabatlarini yanada rivojlantirish, chegaradosh aloqalarni mustahkamlashda muhim oʻrin tutadi, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.\
Joriy yilda mamlakatlarimiz oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganiga 30 yil toʻldi. Biz ushbu muhim yubileyni qardosh davlatlarga munosib tarzda keng miqyosda nishonlashga kelishib oldik”
, — Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov.
Taʼkidlash joiz, Amerika Qoʻshma Shtatlari Qirgʻiziston Respublikasi va Oʻzbekistonning mintaqaviy tinchlik va barqarorlikni taʼminlashga sodiqligini namoyish etishdagi muvaffaqiyatli saʼy-harakatlarini olqishlagan. Davlat rahbarlari huzurida davlatlararo, hukumatlararo, idoralararo va hududlararo hujjatlar almashildi.
Jami 25 ta hujjat imzolangan, shu jumladan:
- Oʻzbekiston-Qirgʻiziston Davlat chegarasining alohida uchastkalari toʻgʻrisidagi shartnomaning ratifikatsiya yorliqlarini almashish toʻgʻrisida bayonnoma;
- Qirgʻiz Respublikasida avtomobil va tijorat texnikasini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
- Strategik savdo-iqtisodiy sheriklik toʻgʻrisida 2023-2025-yillarga moʻljallangan dastur;
- Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
- Fuqarolarning oʻzaro borib-kelishlari toʻgʻrisidagi bitimga Bayonnoma;
- Chegaraoldi viloyatlar rahbarlari kengashini tashkil etish toʻgʻrisidagi memorandumga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida Bayonnoma.
Vazirlik va idoralarlar oʻrtasida qishloq xoʻjaligi, energetika, bojxona, sanoatning ustuvor yoʻnalishlarini rivojlantirish, innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash sohalarida hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar, shuningdek, Diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligini nishonlash rejasi imzolandi.
Shuningdek, Jizzax va Issiq-koʻl, Andijon va Oʻsh, Fargʻona va Botken, Namangan va Jalol-obod viloyatlari oʻrtasida hamkorlikni kengaytirish boʻyicha 2023-2025-yillarga moʻljallangan kompleks dasturlar imzolandi.