So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekiston xorijdan tabiiy gaz importini yoʻlga qoʻysa, bu energiya sohasidagi muammolarni toʻliq bartaraf etadimi?
Oʻzbekiston energetika vaziri oʻrinbosari Sherzod Xoʻjayev energo resurslari taqchilligi boʻyicha eng muhokama qilinayotgan savollarga javob qaytardi.
“Agarda yetarli miqdordagi tabiiy gaz importi yoʻlga qoʻyilsa, issiqlik elektr stansiyalari belgilangan reja asosida yetarli miqdorda elektr energiyasini ishlab chiqarib, isteʼmolchilar toʻliq taʼminlanadi. Aholi xonadonlaridagi gaz bosimi bilan bogʻliq muammolar ham yechiladi.
Metan gaz quyish shoxobchalariga keladigan boʻlsak, aholi gaz tarmoqlariga ulangan shoxobchalar baribir maʼlum grafik asosida ishlashi kerak, sababi — sovuq kunlarda kechki payt ovqat pishirish jarayoniga salbiy taʼsir koʻrsatmasligi lozim. Ammo sanoat kollektorlari orqali alohida quvur tortib kelgan shoxobchalarning uzluksiz ishlashini taʼminlash mumkin”, deydi Xoʻjayev.