So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Ayol kishining koʻchaga chiqish odoblari toʻgʻrisida video tayyorlagan blogerlar jarimaga tortildi
Toshkent shahar IIB oʻzining murojaatida fuqarolarni oʻzbek mentaliteti, milliy urf-odatlari va jamiyatda qabul qilingan yurish-turish qoidalarini xurmat qilgan holda, milliy qonunchiligikka itoatkor boʻlishga chaqirgan.
Ayol kishining koʻchaga chiqish odoblari toʻgʻrisida video tayyorlagan blogerlar jarimaga tortildi. Bu haqda poytaxt IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, joriy yilning yanvar oyida blogerlar (Toshkent shahrida yashovchi 1991-yilda tugʻilgan X.D. va 1989-yilda tugʻilgan I.O.lar) tomonidan “Ayol kishining koʻchaga chiqish odoblari...” sarlavha nomli videolavha tarqalgan.
Holatni oʻrganish maqsadida X.D. va I.O.lar joriy yilning 26-yanvar kuni Toshkent shahar Yunusobod tumani IIO FMBga taklif etilgan.
“Oʻtkazilgan suhbat davomida ayollarning koʻchaga chiqqanida oʻzlarini qanday tutishi, odobi, begona shaxslar bilan qanday munosabatda boʻlishlari haqida oʻz tashabbuslariga koʻra shaxsiy diniy qarashlaridan kelib chiqqan holda munosabat bildirganliklari maʼlum boʻldi.
Oʻtkazilgan profilaktik suhbat davomida fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonun talablari tushuntirib oʻtildi.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonuniga asosan, jins boʻyicha bilvosita kamsitish, yaʼni bir jinsdagi shaxslarni boshqa jinsdagi shaxslarga nisbatan noqulayroq holatga tushirib qoʻyadigan vaziyatlarni, holatlarni yoki mezonlarni yaratish,
shu jumladan gender tengsizlikni ommaviy axborot vositalari, taʼlim, madaniyat orqali targʻib etish, muayyan jinsdagi shaxslar uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan shart-sharoitlar yoxud talablar belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ushbu Qonunning
29-moddasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik belgilangan.
Shunday ekan, turmushda va jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalariga rioya etishda insonlar oʻzlarining diniy va ahloqiy qarashlari orqali boshqalarga baho berishi yoki boshqacha koʻrinishda shaxsiy hayotiga aralashishi mumkin emas. Ushbu tartibga qarshi har qanday insonlarning harakati qonun asosida qatʼiy
taʼqib qilinadi.
Taʼkidlash lozimki, Oʻzbekiston Respublikasi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonunining 10-moddasiga binoan, mamlakat hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash va tarqatish dinshunoslik ekspertizasining ijobiy xulosasi olinganidan keyin amalga oshiriladi”, — deyiladi xabarda.
Shu munosabat bilan, blogerlar Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 1842-moddasi (Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish)ga asosan maʼmuriy javobgarlikka tortildi.
“Hurmatli fuqarolar! Turli millat va konfessiya vakillari istiqomat qiladigan jamiyatimizda qonun bilan oʻrnatilgan va ijtimoiy kelishuv asosida tartibga solinadigan munosabatlarga qarshi har qanday turdagi nojoiz gap-soʻz va saʼy-harakatlar aholi orasida tushunmovchiliklar yuzaga kelishiga va turli muammolar kelib chiqishiga sabab boʻladi.
Xalqimiz mentaliteti, milliy urf-odatlari va jamiyatda qabul qilingan yurish-turish qoidalarini xurmat qilgan holda, milliy qonunchiligimizga itoatkor boʻlishga chaqiramiz”, — deyiladi xabarda.