So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Narxni sunʼiy koʻtarib olgan AYOQSHlar “qirib” tashlandi
Gaz quyish shoxobchalaridagi navbatlardan foydalanib, narxlarni assosiz koʻtarib olgan AYOQSHlar aniqlandi. Bu Energetika vazirligi huzuridagi “Neftgazinspeksiya”ning maʼlum qildi.
Maʼlum boʻlishicha, olib borilgan oʻrganishlarda, 299 ta AYOQSHlarda narxni asossiz oshirganligi, mahsulot sifatini buzganligi sababli, ularga avtobenzin yetkazib berish toʻxtatilgan.
Qayd etilishicha, 15 mln litrga yaqin sifatsiz neft mahsulotlari aniqlandi. Oʻzbekistondagi 2 000 dan ziyod benzin AYOQSHlarga kuniga oʻrtacha 3 200 tonna benzin oʻrniga 4000 tonnadan ziyod benzin yetkazib berilmoqda. Gaz toʻldirish shoxobchalaridagi vaqtinchalik cheklovlar, avtobenzin narxini oshishiga olib kelmaydi.
“Isteʼmolchilar kunlik extiyojidan 3-4 barobar oshiqcha avtobenzin sotib olayotganligi sababli zapravkalarda ham maʼlum vaqt avtobenzin uzilishiga sabab boʻlmoqda.
Kamchilikka yoʻl qoʻyganlar tadbirkorlarni qatʼiy ogohlashtiramiz hamda fuqarolardan xavotirga tushmaslikni soʻraymiz”, — deyiladi inspeksiya bayonotida.