So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Jurnalistlar Facebookʻdagi post va izohi uchun IIB binosiga chaqirildi. Masʼullarga tanbeh berildi
Oyina.uz portali Bosh muharriri oʻrinbosari Inobat Ahatova hamda Gazeta.uz nashri fotomuxbiri Shohruh Haydarovning yaqinlari IIB xodimlari tomonidan chaqirilganligi holati oʻrganildi, deya xabar bermoqda IIV Axborot xizmati rahbari Shohrux Gʻiyosov.
Maʼlum boʻlishicha, Samarqand viloyati Narpay tumani hamda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar IIB rahbariyatining shaxsiy tashabbuslari bilan jamoatchilik faollari tomonidan jamiyatdagi turli hodisalarga hamda vaqtinchalik qiyinchiliklarga xolis yondashishlari soʻrab, I.Ahatova va Sh.Haydarovning yaqinlari bilan “suhbat” uyushtirilgan.
“Hozirgi kunda jamiyatda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlanishi, ijtimoiy hodisalarga tanqidiy yondashuv faqatgina quvvatlanadi. Aynan shuni uchun jamoatchilik va OAV vakillari bilan aloqalarni amalga oshirish Ichki ishlar organlarining axborot xizmatlari orqali yoʻlga qoʻyilgan va taʼminlanib kelinmoqda.
Hurmatli jurnalistlar va jamoatchilik faollari, yuqoridagi holat oʻrganildi va masʼullarga tanbeh berildi, kelajakda Ichki ishlar organlari xodimlarining jamoatchilik nazorati bilan bogʻliq faoliyatingiz boʻyicha soʻrovlar yoki takliflar kelib tushganda Ichki ishlar organlarining Axborot xizmatlariga bogʻlanishingizni soʻraymiz”, — deyiladi xabarda.