So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
“U gʻoʻza genlari kolleksiyasining asoschilaridan biri edi” – Oʻzbekiston ilm-fani ogʻir judolikka uchradi
Oʻzbekistonda genetika sohasining yetakchi namoyandasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Abdullayev Abdumavlon Abdullayevich 2022-yilning 8-dekabr kuni 92 yoshida vafot etdi.
Maʼlumot uchun, A.Abdullayev 1930-yilning 13-iyulida Namangan viloyatida tugʻildi. 1952-yili Oʻrta Osiyo davlat universitetini tugatib, mehnat faoliyatini Oʻsimlikshunoslik ilmiy tekshirish instituti Oʻrta Osiyo tajriba stansiyasi kichik ilmiy xodimi lavozimida boshladi. 1961-yilda nomzodlik, 1973-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1995-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi etib saylangan.
Isteʼdodli olim oʻzining qariyb 70 yillik ilmiy faoliyati davomida Fanlar akademiyasida fidoyilik bilan mehnat qildi. Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti kichik, katta ilmiy xodimi, laboratoriya mudiri, direktori, OʻzRFA Prezidiumining qishloq xoʻjaligi fanlari boʻlimi raisi hamda umrining soʻnggi kunlarigacha institut bosh ilmiy xodimi lavozimida samarali faoliyat koʻrsatib, ilm-fan rivojiga munosib hissa qoʻshgan.
A.Abdullayev ilmiy faoliyati davomida gʻoʻza genetikasining fundamental asoslarini rivojlantirishga ulkan hissa qoʻshdi. Olim yaratgan ilmiy maktab asosida gʻoʻzaning bir qator yangi navlari kashf etildi hamda genetika seleksiyasida gʻoʻzaning yovvoyi turlaridan foydali donorlar sifatida foydalanish imkoniyati yaratildi. U mamlakatimiz paxtachilik ilm-fani rivojining fundamental asosi va milliy boyligi boʻlgan gʻoʻza genlari kolleksiyasining asoschilaridan biridir.
U 600 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 10 dan ortiq monografiya muallifi. Ilmiy maqolalarining 300 dan ortigʻi xalqaro nufuzli jurnallarda chop etilgan.
Jonkuyar ustoz sifatida koʻplab yoshlarga ilm-fan sirlaridan saboq bergan zahmatkash olimning bevosita rahbarligida 20 dan ortiq fan doktori va 40 ga yaqin fan nomzodi tayyorlangan.
Akademik A.Abdullayevning mamlakat ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi” (1980), “Mehnat shuhrati” ordeni (2003) “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofoti” (2011) bilan mukofotlangan edi.
Atoqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Abdumavlon Abdullayevning xotirasi qalblarda hamisha saqlanib qoladi.
Sh.Mirziyoyev, T.Norboyeva, N.Ismoilov, A.Aripov, B.Yoʻldoshev