So`ngi yangiliklar
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
“Bizda odamlar qonunga emas, odamga boʻysunadi” — Baxtiyor Nasimov
Jurnalist Toshkent shahri uzogʻi bilan 1 million odamga moʻljallanganligini aytib, hozirda shahar ortiqcha yuklamalarga chidamayapganini aytgan.
Jurnalist Baxtiyor Nasimov “Daryo”ga bergan intervyusida Toshkent shaharining infratuzilma va kamchiliklari haqida toʻxtalib, poytaxt uzogʻi bilan 1 million aholiga moʻljallangan shahar ekanligini bildirgan.
“Toshkent uzogʻi bilan 1 million aholiga moʻljallangan shahar edi. Hozir taxminimcha, bu koʻrsatkich 3 millionga chiqib ketdi. Lekin shahar buncha yuklamaga chidamaydi. Nega “svet” koʻp oʻchadi?
Demak, infratuzilma buncha isteʼmolga moʻljallanmagan. Mablagʻ olib, pul sarflash uchun katta-katta uylar qurib tashlashgan. Bizda nega tartib yoʻq? Chunki odamlar qonunga emas, odamga boʻysunadi. Oddiy misol, svetoforning qizil chirogʻida oʻtish mumkin emas, lekin kamera, radar boʻlmasa, hamma qoidani buzadi.
Kamera boʻlsa, qonunga xilof ish qilmaydi, chunki jazo borligini biladi. Shuning uchun bir holatni hech kim yaxshi-yomon deb baholashi emas, qonun ishlashi, normativ boʻlishi kerak. Elektr energiyasi, suv, kanalizatsiya masalasida ham shunday. 1–2 yil avval eslasangiz, Prezident avval oʻzi hokim boʻlgan bir tumandagi koʻp qavatli uyni koʻrganda “Qanaqasiga bu “dom”ni quryapsizlar? Bu yerga quvurlarni oʻzim qoʻyganman, 80ta xonadonga chidaydi.
Qanday qilib 800ta xonadonni kiritmoqchisizlar?” — deb tanbeh bergandi. Afsuski, butun Toshkent emas, hamma viloyatlarda uylar shunday qurilyapti”, — deydi Nasimov.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq amerikalik yozuvchi Toshkent shahridagi muammolar va kelajakda amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar boʻyicha oʻzining taklifini bildirgan edi.