So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qoʻqonda “Baxshichilik sanʼatida ustoz-shogird anʼanalari” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazildi
Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali Prezident tashabbusi yoʻlga qoʻyilgan.
Qoʻqon shahrida Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi tomonidan “Baxshichilik sanʼatida ustoz-shogird anʼanalari” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazildi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi xabar bermoqda.
Anjumanda Oʻzbekistonda xalq ogʻzaki ijodining goʻzal va betakror namunasi boʻlgan baxshichilik sanʼatini asrab-avaylash va rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilayotgani alohida taʼkidlandi.
Xususan, bu borada qabul qilingan Prezident Farmon va qarorlari soha ravnaqiga yangi hayot bagʻishladi. Prezident tashabbusi bilan Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini oʻtkazish yoʻlga qoʻyildi.
Konferensiya ishtirokchilari bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish, “ustoz-shogird” anʼanasining ahamiyati xususida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Taʼkidlash kerak, baxshi-shoir va oqinlar oʻrtasida xalqaro koʻrik-tanlovlar muntazam tashkil etib kelinmoqda, taʼlim muassalarida baxshichilik sanʼati sirlarini oʻqitish, kelajak avlodlarga yetkazish borasida ham katta ishlar qilinmoqda.
“UNESCOʻning Nomoddiy madaniy merosni asrash hukumatlararo qoʻmitasi tomonidan Baxshichilik sanʼati Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ roʻyxatiga kiritilgani amalga oshirilayotgan ezgu saʼy-harakatlarning xalqaro miqyosdagi eʼtirofi sifatida barchamizga alohida gʻurur bagʻishlaydi.
Umuman, baxshichilik sanʼati yurtimizdagi turli millat va elatlar oʻrtasida oʻzaro hurmat, bir-birini tushunish va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, yoshlarni ona yurtga, milliy-madaniy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda”, — deyiladi xabarda.