So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekistondagi gʻordan topilgan neandertal bolaning tashqi koʻrinishi tiklandi
Bu birinchi bor 3D-restavratsiya yordamida toshga aylangan odam bosh suyagini kompyuterda tiklanishi.
Szilin universitetining bir guruh paleoantropologlari Oʻzbekistondagi Teshiktosh gʻoridan topilgan neandertal bolaning koʻrinishini namoyish etdi. Bu haqda Gazeta.uz Sinxua axborot agentligiga tayanib xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, bu birinchi bor 3D-restavratsiya yordamida toshga aylangan odam bosh suyagini kompyuterda tiklanishi. Taxminan 300 ming — 40 ming yil oldin yashagan 8−9 yoshli neandertal bolaga tegishli boʻlgan toshga aylangan bosh suyagi 1938-yilda topilgan.
Bu suyak Osiyoda topilgan birinchi neandertal qoldigʻi hisoblanadi. Uning kashfiyoti neandertallarning sharqqa koʻchishini isbotlagan.
“<em>Yangi restavratsiya neandertal bola qiyofasini yanada ishonarli, shuningdek, uning oʻziga xos xususiyatlarini namoyish qildi</em>”, — dedi Moskva davlat universiteti tadqiqot instituti va antropologiya muzeyi direktori Aleksandra Bujilova.
Mutaxassislarning fikricha, yangi rekonstruksiya nafaqat Yevrosiyo mintaqasidagi qadimgi odamlarning tashqi qiyofasini aniq koʻrsatibgina qolmay, balki Markaziy Osiyodagi neandertallarning morfologik xususiyatlarini hamda ularning atrof-muhitga moslashuvini chuqur oʻrganish va namoyish qilish uchun yangi gʻoyalar beradi.