So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
“Oʻzbekneftgaz”: Buxoro neftni qayta ishlash zavodida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hisobiga importni qisqartirishga erishildi
“Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev topshirigʻiga binoan Buxoro neftni qayta ishlash zavodida mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va importni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchi bilan hamkorlikda Azot-kislorod stansiyasiga qarashli “32 VS-100/9” markali kompressorining filtrlari importini qisqartirishga erishildi.
Birinchi bosqichda Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqarilgan filtrlar importini kamaytirish maqsadida zavod mutaxassislari tomonidan zarur filtrlarning texnik tavsiflari batafsil koʻrsatilgan texnik topshiriq tayyorlanib, mahalliy ishlab chiqaruvchiga taqdim etildi. Taqdim etilgan texnik maʼlumotlar asosida mahalliylashtirilgan filtrning sanoat namunalari ishlab chiqarilib, Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga yetkazib berildi.

Ikkinchi bosqichda filtrlarning sanoat namunalari Azot-kislorod stansiyasining kompressoriga oʻrnatildi va sanoat sinovlari oʻtkazildi. Bir oy davomida oʻtkazilgan sanoat sinovlarining ijobiy tahlili asosida zavod mutaxassislari tomonidan qoʻllash uchun tavsiya berildi.
Dastur doirasida Buxoro neftni qayta ishlash zavodining Bugʻ-havo-gaz taʼminoti sexida VK-2 markali havo kompressoridagi azot kompressor stansiyasida “Karmana Goldmayn” MCHJ mutaxassislari bilan birgalikda sanoat sinovlari oʻtkazish uchun Navoiy viloyatining “Karmana Goldmayn” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan, havodagi mexanik zarralarni ushlab turuvchi, import oʻrnini bosuvchi ikki turdagi 8 ta (har biriga 4 donadan) sanoat havo filtrlari oʻrnatildi.
Uchinchi bosqichda Oʻzbekiston Respublikasining elektron kooperatsiya portali (cooperation.uz) orqali mahalliy ishlab chiqaruvchi bilan 20 dona filtr yetkazib berish boʻyicha shartnoma tuzildi. Ishlab chiqarilgan filtrlar Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga yetkazib berildi va Azot-kislorod stansiyasining havo kompressorlariga oʻrnatildi.

Taʼkidlash joizki, “Oʻzbekneftgaz” AJ tizimida butun neft va gaz sanoatining ishlab chiqarish faoliyatida foydalaniladigan mahsulotlar import oʻrnini bosishga qaratilgan muammolarni hal etishga Oʻzbekiston Respublikasining ichki sanoat salohiyatini jalb qilish boʻyicha keng koʻlamli ishlar boshlab yuborilgan.
“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati