So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi tasdiqlandi
16-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi farmonga imzo chekdi.

OʻzAʻda eʼlon qilingan hujjatga koʻra, 2023−2026-yillarga moʻljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi tasdiqlandi.
Strategiya doirasida sudlar faoliyati toʻliq raqamlashtiriladi, sunʼiy intellekt texnologiyalari joriy etiladi. Shuningdek, idoralararo elektron maʼlumot almashinuvini yaxshilash, sud majlislarida masofadan turib ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish odil sudlovni taʼminlashning vazifalaridan biri etib belgilandi.
Farmonga koʻra, sudga hurmatsizlik qilish holatlarining oldini olish uchun maʼmuriy javobgarlik choralari kuchaytiriladi va jinoiy javobgarlik belgilanadi.
Sudyaga nisbatan faqat bosh prokurorning sanksiyasi asosida turar joy daxlsizligiga, yozishmalar, telefon orqali soʻzlashuvlar va boshqa soʻzlashuvlar, aloqa tarmoqlari orqali uzatiladigan pochta, kuryerlik joʻnatmalari va telegraf xabarlarining sir saqlanishiga boʻlgan huquqlar cheklanishi mumkin. Endilikda Odil sudlovni amalga oshirishda ixtisoslashgan prokurorlar korpusi koʻmaklashadi.
Ularga quyidagilar kiradi:
Bosh prokuraturaning jinoiy, fuqarolik, iqtisodiy, maʼmuriy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini taʼminlash boshqarmalari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri prokuraturalarining jinoiy, fuqarolik, iqtisodiy, maʼmuriy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini taʼminlash boʻyicha tegishli boʻlim va tarmoqlari;
tuman (shahar) prokurorlarining mazkur yoʻnalishlar boʻyicha tegishli oʻrinbosari va yordamchilari.
Ular oʻz vakolatlarini har qanday organ va mansabdor shaxsdan mustaqil ravishda amalga oshiradi. Ularning sudda ishtiroki bilan bogʻliq faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
2023−2026-yillarga moʻljallangan sud tizimining axborot siyosati konsepsiyasi ishlab chiqiladi.
Bundan tashqari, ixtisoslashgan prokurorlar korpusi faoliyatida 1-sentyabrgacha “Sudlarda prokuror ishtiroki” axborot tizimi sinov tarzida ishga tushadi, 2024-yildan amaliyotga toʻliq joriy etiladi.
Shuningdek, ayrim toifadagi fuqarolik, iqtisodiy va maʼmuriy ishlarni koʻrish vakolati maʼmuriy organlarga oʻtkaziladi.
Ayrim toifadagi jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va maʼmuriy ishlarni quyi instansiya sudlarining oʻzida yakunlash tartibi belgilanadi.
Ayrim yoʻnalishlarda prokuror nazorati qisqartiriladi, Bosh prokuratura huzuridagi tashkilotlar shtat birliklari maqbullashtiriladi hamda uning hisobidan
Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi shtat birliklari soni koʻpaytiriladi.
Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi xodimlari sud binolarida oʻtiradi.
Qolaversa, Oliy sud tizimida Sud-huquq sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish boshqarmasi negizida Odil sudlov sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish departamenti tashkil etiladi.



