So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
“Toshkent – hamma tuzatmoqchi boʻlgan singan oyna” — Amerikalik yozuvchi Toshkentning boʻlajak hokimiga murojaat qildi
Amerikalik yozuvchi Toshkent shahridagi muammolar va kelajakda amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar boʻyicha oʻzining taklifini bildirdi.

Abdulla Qodiriyning “Oʻtgan kunlar” romani tarjimoni, amerikalik yozuvchi Mark Riz Toshkentning boʻlajak hokimiga poytaxtni obodonlashtirish boʻyicha takliflar bilan murojaat qildi.
“Men yangi hokimga shaharni odamlarga yanada qulayroq qilish uchun bir nechta takliflar bildirmoqchiman. Yangi hokim buni oʻqiydi degan umiddaman. Bularning barchasini Toshkentni juda sevadigan inson sifatida aytyapman”, — deb yozadi u.
Mark Riz yangi hokimga yoʻllarni taʼmirlash, yashil maydonlarni kengaytirish, barqaror suv yoʻllarini yaratishni va jamoat transportini yaxshilashni, daraxt ekishga eʼtibor berishni taklif qildi.
“Toshkent Dubay emas, sizda suv omborlari bor. Siz toshkentliksiz. Kamchiligingiz boʻlsa ham magʻrur boʻling, oʻzlingizni yoʻqotmang. Menga Dubay yoqadi, lekin Toshkentni koʻproq yaxshi koʻraman”, — dedi Riz.
Bundan tashqari, muallif daraxtlar bilan bogʻliq muammoni qayd etdi.
“Bu baland binolar uchun sizni hech kim eslamaydi. Shaxmatchilar osmonoʻpar bino qurganga emas, soyada salqin joy bergan hokimni duo qiladi. Vaziyatni yaxshilash va yashil bogʻlar yaratish uchun Yaponiya, Yevropa Ittifoqi, AQSH, Xitoydan daraxtlar olib keling”, — deb yozgan Mark Riz.
Jamoat transporti. Riz Tramvaylarni konditsioner va isitish tizimlari bilan qaytarishni taklif qildi.
Shahar ekspertizasi.
“Keyingi muammo odamlarni gʻazablantiradigan ogʻriqli muammodir. Ammo shaharni rekonstruksiya qilmoqchi boʻlsangiz, sovet davridan qolgan barcha binolarni saqlab qola olmaysiz. 14 qavatli turar-joy binolari koʻp energiya isteʼmol qiladi. Suv tanqis hududlardagi binolar baland emas, past boʻlishi kerak.
Shahar hokimiyati mustaqil ekspertlarni jalb qilishi kerak. Boshqa davlatga koʻchib oʻtmoqchi boʻlgan odam birinchi navbatda ikkita narsaga eʼtibor qaratadi: taʼlim va hayot sifati. “Toshkent – hamma tuzatmoqchi boʻlgan singan oyna”.
Muammolarni sanab oʻtishdan tashqari, Mark Riz oʻzining shahar rejalashtirish sxemalarini ham taklif qildi.




Izohlar 1
