So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Oʻzbekiston va Bolgariya oʻrtasida charter aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilishi kutilmoqda – Madaniyat va turizm vazirligi
Ozodbek Nazarbekovning birinchi oʻrinbosari Ulugʻbek Aʼzamov Bolgariya Respublikasi Turizm vaziri Ilin Dimitrov bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Oʻzbekiston va Bolgariya oʻrtasida charter aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilishi kutilmoqda. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, Madaniyat va turizm vazirligi binosida Bolgariya Respublikasi turizm vaziri Ilin Dimitrov bilan Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekovning birinchi oʻrinbosari Ulugʻbek Aʼzamov oʻrtasida uchrashuv oʻtkazilgan.

Uchrashuvda tomonlar Oʻzbekiston hamda Bolgariya oʻrtasida turizm sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, oʻzaro turistlar oqimini oshirish, sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlarining aloqalarini oʻrnatishga koʻmaklashish va ikki davlat oʻrtasida charter aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish yuzasidan muzokaralar olib borgan.

Bolgariya tomoniga Oʻzbekiston turizmida amalga oshirilayotgan islohotlar, turistik investitsiya loyihalari, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan qulay sharoitlar hamda investorlar uchun taqdim etilayotgan imtiyozlar toʻgʻrisida maʼlumot berilgan.

Uchrashuv yakuniga koʻra, Oʻzbekiston hamda Bolgariya Respublikalarida turizm sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlarini jalb etgan holda Toshkent shahrida joriy yilning aprel oyida B&G, B2B formatida uchrashuvlar tashkillashtirish, Oʻzbekistonning turizm salohiyatini keng targʻib etishga qaratilgan maʼlumotlarni Bolgariya ommaviy axborot vositalarida namoyishini yoʻlga qoʻyish boʻyicha dastlabki kelishuvlarga erishilgan.