So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
21 nafar hokim masʼuliyatni his qilmagan. Mustafoyev, Normatov, Abdullayevga 3 oy sinov muddati berildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qish mavsumida aholini energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan kengaytirilgan yigʻilishda respublikaning qolgan hududlarida ham ahvol yomonligi ham tanqid qilindi.
Ayniqsa, Zangiota, Toshkent, Buloqboshi, Xoʻjaobod, Uchqoʻrgʻon, Koson, Karmana, Qamashi, Shofirkon, Xoʻjayli, Denov, Sharof Rashidov, Pastdargʻom, Fargʻona, Paxtabod, Hazorasp tumanlari hamda Samarqand, Namangan, Fargʻona, Guliston, Chirchiq shaharlari hokimlari masʼuliyatni his qilmasdan, bir oy oldingi sovuq kunlardan hech qanday xulosa chiqarmagani koʻrsatib oʻtildi.
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev qatʼiy ogohlantirildi, Chirchiq shahar hokimi Davron Hidoyatovga “hayfsan” berildi. Bugungi kunda barcha darajadagi rahbarlarning eng katta vazifasi – elektr va gaz tarmoqlarining uzluksiz ishlashini taʼminlab berish. Lekin tegishli sohalar mutasaddilari buni uddalay olmayapti.
Shu munosabat bilan energetika vaziri oʻrinbosari Sherzod Xoʻjayev lavozimidan ozod etildi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” rahbari Ulugʻbek Mustafoyev, “Oʻztransgaz” rahbari Behzod Normatov va “Oʻzbekneftgaz” rahbari Mehriddin Abdullayev ham lavozimidan ozod etilib, ularga vazifasini bajaruvchi lavozimida 3 oy sinov muddati belgilandi.
Agar tarmoq korxonalarining ayrim moliyaviy masalalari vaqtida yechib berilganda, daromadlarining bir qismi investitsiya qilinib, tarmoqlarni yangilashga yoʻnaltirganda vaziyat bunchalik ogʻir boʻlmas edi, deb taʼkidlandi yigʻilishda. Bu masalada ham masʼullar eʼtiborsizlik qilgani tanqid qilindi.
Endi butunlay boshqacha tizim boʻlishi – strategik korxonalar Strategik islohotlar agentligiga oʻtkazilishi belgilandi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir