Qidirish

23:17 / 2023-01-14 555 0 Biznes

“Serial Oʻzbekiston teleasarlari tarixida burilish yasay oldi” – Toshkentda “Mendirman Jaloliddin” serialining ikkinchi fasli premyera qilindi

Bugun, 14-yanvar kuni “Zoʻr TV” telekanalining “Renessans Hall” asosiy zalida tarixiy serial – “Mendirman Jaloliddin”ning ikkinchi fasli taqdimoti boʻlib oʻtdi.

world-news

Serial taqdimotida Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov ham ishtirok etgan. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Serialning ikkinchi mavsumiga shunday taʼrif beriladi: jasoratning soʻnmas siymosi, gʻanimga aslo tiz choʻkmagan, aksincha gʻururi, ori, jasorati bilan hatto dushmanida havas uygʻotgan xalq qahramoni hayotidan hikoya qilayotgan, inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish uchun xalqparvar davlat barpo etish, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, millatga xos anʼana va qadriyatlarni keng targʻib qila oladigan “Mendirman Jaloliddin” tarixiy serialining ikkinchi mavsumi premyera qilindi.

Taʼkidlanishicha, Turkiyaning “Bozdagʻ film” kinokompaniyasi tomonidan suratga olingan “Mendirman Jaloliddin” seriali buyuk ajdodimiz – Sulton Jaloliddin Manguberdining nafaqat Vatanimiz, miqyosidagi balki butun Sharq olamida, shuningdek, jahon tarixida tutgan oʻrni haqida hikoya qiladi.

Qoʻshimchasiga, bunday tarixiy shaxslar har asrda ham kelavermaydigan buyuklar sirasidan ekanligini nazarda tutsak, bugungi va kelajak avlodlarni harbiy Vatanparvarlik, vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati bemisldir.

Negaki, Sulton Jaloliddin Manguberdi Vatani, xalqi, ozodligi yoʻlida tillarda doston boʻlgan. Kurashlarning koʻlami miqyoslari jihatidan taqqoslanganda tarozining ikkinchi pallasiga jahondagi biron-bir oʻtgan shu taxlitdagi tarixiy qahramonni tenglashtirib, qiyoslab boʻlmaydigan nisbiy masofa mavjudligiga tarixiy manbalar guvohlik beradi, tarixiy adolat bong urishda davom etmoqda.

Taʼkidlash kerakki, oʻzbek va turk ijodkorlari hamkorligida yaratilgan ushbu serial Oʻzbekiston teleasarlari tarixida burilish yasay oldi. Tomoshabinni Manguberdi yashagan davrga olib tushdi, yoshlarni jasur va dovyurak bobolarimizga qayta tanishtirib, ularga nisbatan mehr uygʻotmoqda.

Buning uchun kadr ortidagi va aktyorlarning ulkan mehnati singiganini tan olmay iloj yoʻq. Ssenariydagi juzʼiy kamchiliklar borligidan koʻz yuma olmaymiz. Lekin aktyorlar ijrosi haqqoniy va jonli. Oʻzbek aktyorlarining mahorati xorijlik hamkasblaridan kam emasligini borgan sari koʻzga tashlanmoqda.

Aytish mumkinki, oʻzbek kinomuxlislari qalbidan chuqur joy olgan “Mendirman Jaloliddin” serialini koʻrganda beixtiyor koʻz oldingizda oʻsha davr gavdalanadi, kishi oʻzini oʻtmishga tushib qolgandek his qiladi.

Sulton Jaloliddinning kurash va hayot yoʻli mardlik va jasoratda nafaqat Oʻzbekiston yoshlari va xalqimiz va ozodlik hamda mustaqillikning tom maʼnoda qadriga yetuvchi bashariyat uchun ibrat ramzidir. Uning Vatan mustaqilligi yoʻlidagi soʻnmas va betimsol jasorati mardlikning eng sarbaland etalon makonidir. Shuningdek, mardu maydonlik sarchashmasi hamdir.

Eslatib oʻtamiz, 2019-yil sentabr oyida Toshkentda “Mendirman Jaloliddin” seriali ustida ish boshlanishidan oldin “Jaloliddin Manguberdi: hayot va filmlardagi badiiy mujassamlik” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida filmning gʻoyaviy talqini va ssenariysi muhokama qilingan.

Izohlar 0

Fikr bildirish