So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
“Oʻzbekneftgaz”: Qish mavsumida aholiga uzluksiz suyultirilgan gaz yetkazib berish boʻyicha Muborak gazni qayta ishlash zavodida bajarilayotgan ishlar holati oʻrganildi

Avval xabar berganimizdek “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi “Ishchi guruh” aʼzolari Qashqadaryo viloyatidagi korxonalarda gaz qazib chiqarish va qayta ishlash texnologik qurilmalarining anomal sovuq kunlarda barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarni nazorat qilmoqda.
2023-yil 13-yanvar kuni Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” Muborak gazni qayta ishlash zavodida gazni qayta ishlash jarayonlari barqarorligini taʼminlash ishlari bilan tanishdi.
Zavoddagi gazni qayta ishlash qurilmalarida muzlashning oldini olish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlari, ishlab chiqarish jarayonlarida energiya sarfini kamaytirish hamda suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni barqaror taʼminlash boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar ijrosi nazorat qilindi.
Gaz tarkibidan propan-butan aralashmasi ajratib olish qurilmalarida suyultirilgan gaz ishlab chiqarish jarayonlari ham oʻrganildi. Eslatib oʻtamiz, Muborak gazni qayta ishlash zavodi tomonidan bir sutka davomida 42 million kub metr tabiiy gaz oltingugurt birikmalaridan tozalanib, “Oʻztransgaz” AJ magistral gaz kuvurlariga yetkazib berilmoqda. 2023-yilning 1-12-yanvar kunlari 516 million kub metr yetkazib berildi.
Zavodning markaziy dispetcherlik boshqaruv pultiga ham borilib, bu yerda boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish va raqamlashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
2023-yilda Muborak zavodida 18,5 mlrd kub metr gazni qayta ishlash, 278,4 suyultirilgan gaz va 211,3 ming tn oltingugurt ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Zavodning gazni qayta ishlash qurilmalarida Muborak boshqarmasidan tomonidan yetkazib beriladigan tabiiy gazni qayta ishlash bilan birgalikda, “LUKOYL” Qoʻshma korxonasi, “SANEG”, “Natural gaz stream” xorijiy korxonalari kabi 5 ta korxonalar tabiiy gazini qayta ishlash xizmati koʻrsatiladi. Shu oʻrinda zavod tomonidan qoʻshma korxonalarga xizmat koʻrsatishning barqarorligini taʼminlash boʻyicha zavod rahbariyatiga koʻrsatmalar berildi.
Muborak zavodi tomonidan aholi va ijtimoiy soha obyektlari ehtiyoji uchun suyultirilgan gaz yetkazib berishni muntazam taʼminlash, xususan “Hududgaztaʼminot” AJ hududiy filiallariga avtotsisterna va vagon sisternalari orqali yuklash, temir yoʻl tizimi korxonalari bilan joʻnatish ishlarini doimiy tashkillashtirish boʻyicha zavod rahbariyati hamda tegishli departamentlarga topshiriqlar berildi.
Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joizki, 2022-yilda zavod tomonidan 298,4 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqilib, shundan aholi va ijtimoiy soha ehtiyoji uchun 282,4 ming tonna mahsuloti yetkazib berilgan boʻlsa, 2023-yil boshidan 9,7 ming tonna mahsulot ishlab chiqilib, 9,8 ming tonna suyultirilgan gaz yuklab joʻnatildi.
“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati



