So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda 860dan ortiq ayol ishtirokida zo‘ravonlikka qarshi tadqiqot natijalari e’lon qilindi
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Investor yangi stadion qurib beradi” — Botir Zokirov
Buxoro viloyati hokimi viloyatning yaqin kelajakdagi asosiy yoʻnalishi turizm boʻlishini taʼkidladi.
Bugun, 14-yanvar kuni Buxoroda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Botir Zokirov boshchiligida shahar markazida “Turizm shaharchasi” qurilishi yuzasidan matbuot anjumani oʻtkazilmoqda. Unda masʼullar, sektor rahbarlari, jurnalist va blogerlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.
Buxoro viloyati hokimi ayni kunda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan voqealarga izoh berar ekan, shahar hududida buzilishi koʻzda tutilgan 19 ta binoning 11tasi tadbirkorlarga tegishli ekanini, birorta fuqaroning manfaatiga zarar yetkazilmasligini aytdi.
“Buzaladigan joylarda birorta fuqaroning yashash joyi yoʻq, ularning manfaatiga zarar yetmaydi. Viloyat hokimligi binosiga kelsak, bizga buncha katta binoning keragi yoʻq. Investor stadionning yangisini avvalgisidan yaxshi qurib berganidan keyin bu masalani koʻrib chiqamiz. Daraxtlar maksimum saqlab qolinadi. 11 gektar joy yashil maydon boʻladi. Albatta, bular faqat taklif”, — dedi Botir Zaripov.
Shuningdek, Buxoro viloyati hokimi turizm shaharchasini qurish taklifi bilan chiqilganini, viloyatning yaqin kelajakdagi asosiy yoʻnalishi turizm boʻlishini taʼkidladi.
“2025-yilga borib turistlar oqimini 8-10 millionga yetkazmoqchimiz. Ayni kundagi shahar infratuzilmasi turistlarni kutib olish talabiga javob bermaydi. Shahardan ikki ming mashina ahlat chiqardik”, — dedi viloyat rahbari.
Shuningdek, Zaripovning aytishicha, viloyatdagi koʻp tarixiy obidalar qulash arafasida turibdi.
“Ularni rekonstruksiya qilish uchun 40 millard soʻm ajratildi”, — deydi viloyat hokimi.
Izohlar 3
Гафурова Мохира
2023-Jan-14 18:57Жураев Аминжон
2023-Jan-14 23:15Жураева Рано
2023-Jan-23 21:58Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir