So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Turkmaniston mamlakatdagi birinchi yer osti gaz omborini quradi
Tabiiy gaz zaxiralari boʻyicha Turkmaniston Rossiya, Eron va Qatar bilan bir qatorda dunyoning birinchi toʻrtta davlati qatoriga kiradi.
Turkmanistonda mamlakatdagi birinchi yer osti gaz ombori (UGS) quriladi. Bu haqda “Neytral Turkmenistan” gazetasi xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, yoqilgʻi-energetika majmuasini nazorat qiluvchi Bosh vazir oʻrinbosari Shohim Abdrahmonov hukumat yigʻilishida videoaloqa orqali mamlakatda Tijorat gaz zaxiralarini taʼminlash boʻyicha birinchi UGS inshooti qurilishi haqida gapirgan.
Uning aytishicha, xalqaro amaliyotga muvofiq, texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlash, loyihalash, jihozlash va qurilish ishlari uchun xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb etish rejalashtirilmoqda.
“<em>Prezident Serdar Berdimuhamedov maʼruzani tinglab, gaz resurslaridan oqilona va samarali foydalanish muhimligini hamda ishonchli xorijiy sheriklar bilan hamkorlikni yanada oshirish choralarini koʻrish zarurligini taʼkidladi</em>”, — deya xabar berdi “Neytral Turkmenistan”.
Qayd etish joiz, tabiiy gaz zaxiralari boʻyicha Turkmaniston Rossiya, Eron va Qatar bilan bir qatorda dunyoning birinchi toʻrtta davlati qatoriga kiradi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir