So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda 17 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Poytaxda 17 ta avtomashina ishtirokida yoʻl transport voqeasi sodir boʻldi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, 2023-yil 12-yanvar kuni soat 20:40 larda Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Yangi shahar koʻchasida noqulay ob-havo sharoiti va yetarlicha oraliq masofani saqlamaslik oqibatida:
- 2 ta “Nexia 3”;
- 2 ta “Nexia 1”;
- 1 ta “Mercedes-Benz”;
- 1 ta “Best tune T 33”;
- 1 ta “Damas”;
- 5 ta “Matiz”;
- 2 ta “Spark”;
- 1 ta “Kia K5”;
- 1 ta “Volkswagen” rusumli yengil avtomobillar hamda 1 ta “Isuzu” rusumli yuk avtomobili, jami 17 ta transport vositalari ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻlgan.
YTH natijasida ikki nafar fuqaro tan jarohati olgan boʻlib, ular hozirda shifokorlar nazoratida. Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan ayni kunlardagi noqulay, anomal sovuq ob-havo sharoitida oʻta ehtiyotkorlik bilan, oraliq masofani saqlab, tezlikni meʼyoridan oshirmasdan harakatlanishlarini soʻraymiz”, — deyiladi xabarda.