So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Afgʻoniston tashqi ishlar vazirligi binosi yaqinida sodir boʻlgan portlash oqibatida 7 kishi halok boʻldi. Oʻzbekiston TIV terrorchilik harakatini keskin qoralagan
Joriy yilning 11-yanvar kuni Kobul shahridagi Afgʻoniston Tashqi ishlar vazirligi binosi yonida portlash sodir boʻldi. Mahalliy OAV maʼlumotiga koʻra, portlash oqibatida kamida yetti kishi halok boʻlgan, yana oʻn kishi jarohatlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi sodir etilgan terrorchilik xurujini keskin qoralab, bayonot berdi.
“11-yanvar kuni Kobul shahrida Afgʻoniston Tashqi ishlar vazirligi binosi yaqinida sodir etilgan terrorchilik xurujini keskin qoralaymiz. Ushbu qabih harakat koʻplab insonlar, asosan, tashqi siyosat idorasi xodimlari orasida qurbonlarga sabab boʻldi. Halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarning tezroq sogʻayib ketishini tilaymiz”, deyiladi TIV bayonotida.
Hujumni xudkush-terrorchi amalga oshirgani aytilmoqda. “Tolibon” bosh vazir oʻrinbosari Ahmadulloh Muttakining taʼkidlashicha, terrorchi Tashqi ishlar vazirligi binosiga kirishga uringan, biroq xavfsizlik xodimlari tomonidan toʻxtatilgan, keyin oʻzini portlatib yuborgan.