So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qashqadaryoda “Indorama Agro” MCHJ 560 ta daraxtni qoʻpordi
Qashqadaryoning Kasbisida “Indorama Agro” MCHJ 560 ta daraxtlarni qoʻporib, tabiat olamiga 3 milliardga yaqin zarar yetkazdi.
Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 9-yanvar kuni Kasbi tumani “Nazartepa” qishlogʻida istoqamat qiluvchi fuqaro “Indorama Agro” MCHJ XK tomonidan tumanning “Navroʻz” hududida har xil turdagi va diametrdagi daraxtlar texnika yordamida ildizlari bilan koʻchirib oʻtkazilganligi toʻgʻrisida ekologlarga murojaat qilgan. Kelib tushgan murojaat boʻyicha inspektorlar oʻrganish olib borgan.
Oʻrganish davomida “Indorama Agro” MCHJ XK tomonidan jami 560 (besh yuz oltmish) tup har xil turdagi va diametrdagi daraxtlarni tartib-qoidalarga amal qilmasdan koʻchirganligi oqibatida daraxtlarga zarar yetkazilganligi holati aniqlangan.

Noqonuniy, ruxsatsiz hamda daraxtlarni koʻchirish tartib-qoidalariga amal qilinmasdan koʻchirilganligi oqibatida yetkazilgan zarari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.08.2022-yildagi 464-sonli qarori 4-ilovasiga asosan hisoblanganda Tabiatga, oʻsimlik dunyosiga 2 824 495 000 (ikki milliard sakkiz yuz yigirma toʻrt ming toʻrt yuz toʻqson besh ming) soʻmni tashkil etadi.
Tabiatga yetkazilgan zararni undirish uchun holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjattlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.