So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
DXX Samarqandda sobiq harbiy xizmatchini qoʻlga oldi
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Sobiq harbiy xizmatchi tanishiga harbiy qismga tegishli xonadonlardan birini olib berishni vaʼda qilib, pora olayotgan vaqtida qoʻlga olingan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Oʻtkazilgan tadbirda, sobiq harbiy xizmatchi D.L. fuqaro Sh.J.ga 14 500 AQSH dollari evaziga harbiy qismga tegishli uy-joyni doimiy yashash uchun order olib berishni vaʼda qilib, shundan 10 ming AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.