So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Andijonda gaz tarmogʻiga noqonuniy ulanib olgan “Sulton-House” MCHJ rahbari hibsga olindi
Noqonuniy ulanib olish ortidan ushbu MCHJga qarashli binoda chaqnash sodir boʻlgan. Natijada 3 kishi ogʻir jarohat bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Andijon shahrida gaz tarmogʻiga noqonuniy ulanib olgan “Sulton-House” MCHJ” rahbari qamoqqa olindi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, 2022-yilning 19-dekabr kuni fuqaro F.Q.ga qarashli “Sulton-House” MCHJ tomonidan Andijon shahar A.Navoiy shox koʻchasi 99-manzilda qurilgan 8-qavatli binoning 34-xonadonida gaz va havo aralashmasi natijasida chaqnash sodir boʻlgan. Chaqnash oqibatida fuqarolar M.D, O.O va M.K.lar ogʻir tan jarohatlari olib, markaziy shifoxonaga yotkizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Ushbu jinoyat ishi Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituviga qabul qilinib, 2022-yil 20-dekabr kuni fuqaro F.Q.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan ayblov eʼlon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Hozirda Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat-protsessual kodeksi talablari asosida dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



