So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Fargʻonada hujra ochib, noqonuniy diniy taʼlim berayotgan erkak ushlandi
U tahsil berayotgan hujradan 8 dona diniy mazmundagi adabiyotlar tekshirib koʻrishlik uchun hujjatlashtirib olingan.
Fargʻona viloyati Yozyovon tumanida voyaga yetmaganlarga diniy taʼlim bergan erkak javobgarlikka tortildi. Bu haqda Fargʻona viloyat IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 7-yanvar kuni Yozyovon tuman IIB hamda boshqa huquq-tartibot organlari xodimlari hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Unda “Navroʻz” mahalla hududida yashovchi 1981-yilda (42 yosh) tugʻilgan M.A toʻliq diniy maʼlumotga ega boʻlmay turib, diniy idoralar ruxsatisiz, yashash xonadonida hujra tashkil etib, 10 nafar voyaga yetmagan bolalarga diniy adabiyotidan foydalanib, 2023-yilning yanvar oyining boshidan buyon, taʼlim berayotganligi aniqlangan. U tahsil berayotgan hujradan 8 dona diniy mazmundagi adabiyotlar tekshirib koʻrishlik uchun hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan, fuqaro M.A.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 241-moddasi tartibida hujjatlar rasmiylashtirildi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent viloyatida voyaga yetmaganlarga noqonuniy diniy taʼlim bergan imom-xatib ushlangani xabar qilingandi.