Qidirish

03:25 / 2023-01-11 2040 0 Siyosat

“Qatʼiyatsiz va oqibati chuqur oʻylanmay qilingan qaror!” — Rasul Kusherbayev

Kusherbayevning aytishicha, tezkor qaror tufayli maktablarda isitish tizimi ishdan chiqishi mumkin.

world-news

Xabaringiz bor, anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha boʻgʻindagi taʼlim muassasalarida qishki taʼtil muddati 17-yanvarga qadar uzaytirilib, oʻquv mashgʻulotlari 18-yanvardan boshlanishi maʼlum qilingandi. Biroq 10-yanvar kechga yaqin koʻplab hududlardagi maktablarda oʻqishlar 11-yanvardan boshlanishi belgilandi.

Sobiq deputat Rasul Kusherbayev mazkur voqeaga munosabat bildirib, bu qaror davlatga milliardlab zarar yetkazishini maʼlum qildi. Kusherbayevning aytishicha, tezkor qaror tufayli maktablarda isitish tizimi ishdan chiqishi mumkin.

“Qatʼiyatsiz va oqibati chuqur oʻylanmay qilingan qaror! Sababi energiya iqtisod qilinishi uchun koʻplab maktablarda issiqlik oʻchirilgan haqida eshitdik. Issiqlik tizimi ichidagi suv muzlasa trubalar yoriladi. Xoyna hoy yorilmasligi uchun suvlar ham tizimdan chiqarib tashlangan. Endi mana bu qaror tufayli bugun ertalabgacha maktablardagi issiqlik tizimiga suv haydaladi.

Bunaqa tezkor rejimda kamdan kam holatda tizim suvga toʻlib betalofat binoni isitishni boshlaydi. Aksariyat hollarda sovuqda trubalar yoriladi yoki nasos ishdan chiqib, issiqlik tizimini ishlatish aksincha xaftalab nariga suriladi.

10-yanvar kechqurun 11-yanvar ertalab maktabda dars boshlash haqida qaror qilishdan oldin loaqal birorta masʼul rahbar maktablardagi “kotelnыy”chidan isitishning texnik imkoniyati haqida soʻrab koʻrdimikan?

Afsuski bu tezkor qaror qator maktablarni bor isitish tizimini ham ishdan chiqarib, mamlakat miqyosida milliardlab zarar yetkazishi mumkin”, — deb yozdi u.

Maktablarda darslar qachon boshlanadi?

Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoniga asosan hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda hokimliklariga taʼlim tashkilotlarida qishki taʼtil davrini uzaytirish yoki uzaytirmaslik vakolati berilganidan soʻng, quyidagi hududlarda 11-12-16-yanvardan darslar boshlanadi:

Toshkent shahrida 11-yanvardan sharoitga qarab bosqichma-bosqich —23:19 da eʼlon qilindi;

Jizzax viloyatida 11-yanvardan sharoitga qarab bosqichma-bosqich — 23:07 da eʼlon qilindi ;

Surxondaryo viloyatida 11-yanvardan — 21:40da eʼlon qilindi;

Xorazm viloyatida 11-yanvardan — 12:10 da eʼlon qilindi;

Andijon viloyatida 11-yanvardan — 12:46da eʼlon qilindi;

Buxoro viloyatida 11-yanvardan — 17:04da eʼlon qilindi;

Samarqand viloyatida 11-yanvardan — 21:23da eʼlon qilindi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 12-yanvardan — 18:21da eʼlon qilindi;

Fargʻona viloyatida 16-yanvardan — 15:02da eʼlon qilindi;

Qashqadaryo viloyatida 11-yanvardan bosqichma-bosqich — 22:07da eʼlon qilindi;

Namangan viloyatida 11-yanvardan bosqichma-bosqich boshlanadi — 23:25da eʼlon qilindi.

Izohlar 0

Fikr bildirish