So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Andijonda tez yordam inspektori pora bilan qoʻlga tushdi. Filial direktori va kadrlar boʻlimi boshligʻi “uchdi”
Ayni vaqtda ushbu voqea yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda Respublika tez tibbiy yordam markazi Andijon filialining kadrlar boʻlimi inspektori J.M. pora olayotgan vaqtda qoʻlga olingani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan oʻrganildi.
Maʼlum boʻlishicha, J.M. 2022-yil 25-dekabr sanasidan Respublika tez tibbiy yordam markazi Andijon hududiy filialining kadrlar boʻlimida inspektor sifatida ish boshlaganligi aniqlandi.
U 2023-yil 7-yanvar kuni soat 13:00 lar atrofida Andijon shahrining Soy mahallasi hududidagi dorixona oldida fuqaroni ishga olib kirib qoʻyish evaziga undan 400 AQSH dollarini olayotgan paytda huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan qoʻlga olingan. Ayni vaqtda ushbu voqea yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Vazirlik tomonidan ushbu holat oʻrganilib, eʼtiborsizligi oqibatida korrupsiyaviy holat sodir etilishiga sharoit yaratib berganligi, muassasa xodimlari oʻrtasida yetarlicha tushuntirish ishlarini olib bormaganligi uchun Respublika tez tibbiy yordam markazi Andijon filiali direktori I. A. va kadrlar boʻlimi boshligʻi E.X. egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Yangi yilni tizimda “Korrupsiyaga qarshi kurash yili” deb eʼlon qilinganini aytgan edi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir