So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Yuksalish” maktablarda oʻqish boshlanishini keyingi haftaga qoldirishga chaqirdi
Avvalroq Oʻzbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha boʻgʻindagi taʼlim muassasalarida qishki taʼtil muddati 17-yanvarga qadar uzaytirilgan edi.
Xabaringiz bor, 2023-yil 11-yanvardan boshlab universitetlar, texnikum, kollej va akademik litseylarda bosqichma-bosqich dars mashgʻulotlari boshlanishi maʼlum qilindi.
“Yuksalish” umummilliy harakati raisi, Oliy Majlis deputati Bobur Bekmurodov oʻqish jarayonlarini keyingi haftadan boshlash masalasini koʻrib chiqishga chaqirdi.
“Biz mahalliy davlat hokimiyati organlari va taʼlim jarayonlariga masʼul hududiy idoralarni maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalarida oʻqish jarayonlarini keyingi haftadan boshlash masalasini koʻrib chiqishga chaqiramiz.
Avvalo, anomal sovuq va yogʻingarchilik sharoitida oʻquvchilarning taʼlim muassasiga yetib kelishi keskin qiyinlashadi. Ayrim qishloqlarda bolalar bir necha kilometr piyoda yurib maktabga qatnashini inobatga olish zarur.
Qolaversa, murojaatlarga koʻra, qator hududlarda maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalarida isitish tizimlari toʻlaqonli yoʻlga qoʻyilmagan.
Oʻqishni boshlashning aniq muddatini belgilash qarori nafaqat taʼlim muassasalari maʼmuriyati, balki ota-onalar va pedagogik tarkib bilan maslahatlashgan holda qabul qilinishi lozim”, — deb yozdi Bekmurodov.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha boʻgʻindagi taʼlim muassasalarida qishki taʼtil muddati 17-yanvarga qadar uzaytirilgan edi. Oʻqish jarayonlari 18-yanvar, chorshanba kunidan boshlanishi belgilangandi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir